3.ilova Hozirda turli hayot sharoitlarida yashayotgan bolalar shu hayotning ta’sirida nimalarni
o‘rganish imkoniga ega bo‘lishlari mumkinligi haqida pedagog
Dorotu Lou Noltshig quyidagi
fikrlari e’tiborga loyiq:
. Bolalar o‘zlari yashayotgan hayotdan nimalarni o‘rganishadi? Agar bola tanqid bilan yashasa, u ayblashni o‘rganadi. Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o‘rganadi. Agar bola qo‘rquvda yashasa, u qo‘rqoqlikni o‘rganadi. Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o‘rganadi. Agar bolaning ustidan ko‘p kulishsa, uyatchan bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o‘rganadi. Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini o‘rganadi. Agar bola qo‘llab-quvvatlash bilan yashasa, u o‘ziga ishonishni o‘rganadi. Agar bola bag‘rikenglikda yashasa, u sabr qilishni o‘rganadi. Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o‘rganadi. Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o‘rganadi. Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat nimaligini o‘rganadi. Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o‘ziga va atrofdagilarga ishonadi. Agar bola do‘stlik bilan yashasa, u er
yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi. Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham osoyishtalikda yashaydi. Xo‘sh, sizning farzandingiz (o‘quvchingiz) qanday muhitda yashayapta?
“T sxemasi” + jihatlari
- Jihatlari
1
1
2
2
3
3
…
…