203
«Mantiqiy chalkash zanjirlar» metodi.
Xronologik yoki sabab – oqibat zanjiridan iborat 5 - 6 ta alohida
takliflar, matndan
jumlalar, gaplar, iboralar, rasmlar orqali ifodalashlar, she’rlar,
ko`chirib olinadi. Har qaysisi
alohida qog’ozga tushirilib, chalkashtirib joylashtiriladi.
Guruh ushbu yozuv tushirilgan qog’ozlarni to`g’ri tartibda tiklab, joylashtirib, to`g’ri
ketma - ketlikda joylashishi haqida tushuntirib berishi kerak bo`ladi. Keyin esa matnni o`qish
davomida, guruh taxminlarining to`g’ri yoki noto`g’riligini tasdiqlab berilishi kerak.
6-SEMINAR MASHG’ULOT.
Mavzu
Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi va
vazifalari.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari.
Mashg’ulot
shakli
Bilimlarni chuqurlashtirishga va mustakamlashga qaratilgan seminar
mashg’uloti
Mashg’ulot
rejasi
Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy – iqtisodiy,
huquqiy
va psixologik omillar bilan belgilanganligi. Ta`lim muasasasida ijtimoiy
pedagog faoliyatining boshqaruv, tarbiyaviy va tashkiliy jihatlari. Ta`lim
muassasasi, oila va ijtimoiy muhit bilan
ishlash ijtimoiy pedagog
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Adabiyotlar
1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017
2. Kieron Hutton. “Social pedagogy in UK”. -Angliya. Russel House
Publishing, -2013.
3. Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - T.: Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.
4. Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” T.: Istiqlol, 2009 y.
Mashg’ulotning
maqsadi
Mavzu bo’yicha bilimlarning chuqurlashtirilishini ta‘minlash.
Pedagogik
vazifalar
•
Mavzuni mustaqil o’rganish malakalarini shakllantirish;
•
Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqur o’zlashtirish va mustahkamlashga
yordam berish;
•
Guruhlarda hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
•
O’z nuqtai nazariga ega bo’lish, mustaqil ishlash qobiliyatlarini o’stirish;
•
Mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak berish;
Metodlar
Interfaol metod va texnologiyalar
O’qitish
vositalari
Ma‘ruzalar matni, elektron doska, yangi adabiyotlar
O’qitish
shakllari
Jamoa va guruhlarda ishlash, kartochkalar bilan ishlash.
O’qitish shart-
sharoitlari
Texnik vositalar bilan ta‘minlangan va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan
auditoriya
Mustaqil ish
Ta`lim muasasasida ijtimoiy pedagog faoliyatining boshqaruv,
tarbiyaviy
va tashkiliy jihatlari
Nazorat va
baholash
Og’zaki va yozma nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting, savol-javob.
Dostları ilə paylaş: