207
KIRISH
Ushbu uslubiy ko`rsatma oliy o’quv yurtida o’qitiladigon fanlarni talaba to’liq
egallash
maqsadida har bir fanni to’liq o’zlashtirishi, o’z ustida doimo ishlashni bilishi lozim. Bo’lajak
mutaxassis zamon bilan yashashi, kelajakni ko’rishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda
tanlagan sohasi bo`yicha mustaqil faoliyat ko’rsata
oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil
ravishda
oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda. Muammoli vaziyatlarni to’g’ri
aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassirllarni
tayyorlash asosiy
vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan xozirgi
sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz
ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin.Talabalarning
asosiy bilim, ko’nikma va
malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish
qobiliyati
rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo buladi. Shuning uchun talabalarning
mustaqil ta’lim
olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-
sharoitlarni
yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq
o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish
oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi O’zR Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 25.08.2010 yil
333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish,
nazorat qilish va
baholash tartibi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etiladi. Mustaqil ish bo’yicha bеlgilangan
maksimal rеyting balining 55% dan kam ball to’plagan talaba fan bo’yicha
yakuniy nazoratga
qo’yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafеdra arxivida ro’yhatga olinadi. Ijtimoiy fanlar
kafеdrasida talaba mustaqil ishi bo’yicha kafеdra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil
ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqqimlash va aniq baholash mеzonlari ishlab
chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: