208
Talaba mustaqil ishi
- Muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va
malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonydan fan o’qituvchisi
maslaxati va tavsiyalari
asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O’qishning boshlang’ich bosqichlarida umumiy pedagogikani
tashkil etish bir qator
vazifalar bilan bog’liq.
Fan hususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi
vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni
berish lozimligi
kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o`ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga
yo`naltirilgan bo’lib, talabalarning auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash,
chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga hizmat qilishi kerak.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish.
Fanning
hususiyati, talabalarning
bilim darajasi va
qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular
talabalarga mustaqil
ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib
berishga hizmat
qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon
qilishga hizmat qiladigan
savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv
adabiyotlaridan
foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda
mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa,
savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa) o’qituvchidan
maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo`yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: