Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Referat tayyorlash.
Talabaga qiyinchilik darajasi, uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati 
va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo`yicha referat tayyorlash topshiriladi.Talaba 
asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy 
maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari v.b.) foydalanib 
materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo`yicha imkon darajasida to’liq, keng 
ma’lumot berishga harakat qiladi.Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar 
oladi.Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshirok 
o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, 
rasmlar,haritalar, maketlar, modellar, grafiqlar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va x-
k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum 
ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shaqli va mazmuni 
talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo`yicha bir necha talabaga 
topshirish ham mumkin.Talaba ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo`yicha yozma ravishda 
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. 
Mavzu bo`yicha testlar
, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.Talabaga muayyan 
mavzu bo`yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo`lgan masalalar va topshiriqlar, 
munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga 
testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda 
tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday 
ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo`yicha yo’l-yo’riq beriladi.Konsultatsiya
paytlarida bajarilgan ishlarning ko’rilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat 
qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). Test, savol va 
topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida himoya qilinadi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin