11
1.2-rasm. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro ta’siri chizmasi
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi
- pedagogik sotsiologiya faning
maqsadi jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf
etish va hal qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug’ullanish, keksalar, qariyalar,
kasal va bo’quvchisini yo’qotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar
olish. Shu jumladan foxishabizlik, narkomaniya va qonunbizarlikka qarshi ko’rashish. Bu
illatlardan jamiyatni, ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish zarur.
Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.
1.
Bolani va o’smo’rni haqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2.
Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila
olishi va o’z munosabatini bildirishi;
3.
Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni orgatish;
4.
Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o’rgatish;
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish
uchun
xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni
rivojlantirish bu jarayon davomida yo’zaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish
ham katta ro’l o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo,
ularni odamlarga alohida g’amshurlik va e’tibor talab etadigan madaniy- tarixiy anana
birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda raxm- shavkat, «hayriya», «yordam»
kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham
bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida
namayon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi,
ijtimoiy
pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha
qo’mita muassasalarida rivojlandi. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin
kengayib, biri ikkinchisini to’ldira bordi. Ishlarini uzviy ravishda qilish, ya’ni ma’naviy-
mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish
lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini
yo’lga qo’yishda haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi.
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir obektni har xil nuqtai nazardan o’rganganda
integratsiya muammosi ko’zatiladi. Masalan, pedagogikaning boshqa fanlar bilan tiknashishi
natijasida yana mustaqil fanlar yo’zaga keldi. Falsafa bilan ta’lim
falsafasi, sotsiologiya bilan
ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning ko’zatuv markazida
pedagogikada o’rganladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyag sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda
rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shug’ullanadi.
Sobiq Sho’ro’lar davrida ijtimoiy pedagogika tushunchasi deyarli qo’llanilmadi. Ijtimoiy
pedagogikani ijtimoiy falsafada inson, muhit va tarbiya,
shaxsning shakllanishi, o’qitish,
insonning tug’ilganidan to umrining oxirigacha faqat tashqi omillar ta’sirida bo’ladi deb
tushintiriladi.
Ijtimoiy pedagogika tarbiyalash jarayonini, shaxs sotsialogiyasin amaliy va nazariy
tomonidan ko’rib chiqadi. U inson xulq-atvorining tashqi muxit ta’sirida o’zgarishini yoki mos
kelishini o’rgatadi, bu shaxsni ijtimoiylashtirish deyiladi.
Hozirgi davrda ijtimoiy pedagogika - «bu barcha yoshdagi va ijtimoiy tabaqadagi
odamlarni, maxsus Ushbu maqsad uchun tashkil qilingan muassasalarda ijtimoiy tarbiyalashni
o’rganadigan pedagogikaning sohasi hisoblanadi» (A.V.Mudrik).
12
V.D. Semyonov ta’kidlashicha, «ijtimoiy pedagogika yoki
muxit pedagogikasi yondosh
fanlarning ilmiy yutuqlarini o’zaro bog’laydigan va ularni ijtimoiy tarbiya amaliyotida
foydalanadigan ilm sohasi hisoblanadi».
Ijtimoiy pedagogika yosh davrlar pedagogikasi, pedagogika tarixi, ijtimoiy falsafa,
ijtimoiy psixologiya fanlari bilan chambarchas ravishda rivoj topmoqda.
«Ijtimoiy pedagogika» talim sotsialogisi, tarbiya sotsialogiyasi
va hozirgi davrdagi
jamiyatdagi tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
Ho’zirgi davr ijtimoiy pedagogikasi, insonparvarlik, bolalarga bo’lgan talab va
hurmatning birligi, ya’ni birga ishlashish bo’lib hisoblanadi. Shaxsga yordam berish,
zo’ravonliklarni oldini olish ijtimoiy pedagogikaning asoslaridan biri hisoblanadi.
Bola rivojlanishi haqida tushuncha
-
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi
ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy
va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha
maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga ‘sa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat,
o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda
u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon ‘tadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani ‘gallashga
yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, etakchisi
bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining
ichida yuzaga keladi.
Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ‘ga.
Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bu o‘z navbatida
bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o‘zlashtirishda etakchi vazifani bajaradi.
SHaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ‘htiyoji va uni qoniqtirish
imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
ikki parallel
chiziqlar ‘mas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib ketadiki, ularning farqlari
shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni
irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va hartlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: