16
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. YUqorida
ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim,
malaka
va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga
g‘amxo‘r, ‘‘tiborli,
mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar
qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar
shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham
shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat
jarayonida boladagi shunday
ijtimoiy ahamiyatga ‘ga bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy
tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan
ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni
tushuniladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Harq Uyg‘onish
davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga etdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib ‘rkin har
taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-
1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536),
Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni
ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini
tahlil qilishga urinishlar
bo‘lgan ‘di. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi
umumiy hisoblanardi.
Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni erdagi ‘ng oliy qadriyat deb
tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan
muhabbat va bolalarda
muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Buyuk Harq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha
asarlari bolalarga bo‘lgan muhabbat bilan singdirilgan.
Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g‘oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ‘ga bo‘lgan
bolalarga alohida ‘‘tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy
pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud.
Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir
kechirishga tayyorlikdir.
Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg‘araz yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat.
Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag‘ishlanadi. 2004 yil
O‘zbekistonda mehr va muruvvat yili deb ‘‘lon qilingan.
Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning ‘rkinlikka, baxtga,
hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qo‘riqlashga bo‘lgan huquqlarini tan olishni, bola,
ijodiy
imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun hart-haroitlar yaratishni,
hayotda
o‘z o‘rnini topishda, jamiyatga “kirishi”da , shu jamiyatda o‘zini to‘la ko‘rsata olishida yordam
ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:
•
bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo‘lishiga qaramay
ularga hurmatli munosabatda bo‘lish;
•
har bir bolaning o‘zicha bo‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bo‘lish huquqini tan olish;
hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo‘lish ‘mas, balki o‘zicha bo‘lish huquqini tan
olish;
•
bolaga o‘ziga va atrofdagilarga
hurmatni shakllantirishda, “Men o‘zim” tutgan o‘rnini,
o‘z muammolarini o‘zi hal ‘tish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda
yordam ko‘rsatish;
•
shavqat qilish va achinishga ‘mas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish
istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo‘lgan rahmdillikni tushunish;
•
muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga
olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida
yashashga tayyorlashni