113
Soq’lom muhit doimo insonlar ongida o’z chegarasiga ega bo’lib,
chegaradan tashqi
bo’lganlar “nome’yoriy”, “potologik”jarayon deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki
anglamagan holda o’zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda
keng qo’llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta’rif berishga bo’lgan intilish
muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif
berganlar. “Me’yor” tushunchasini ifodalab berishning
murakkabligi shundaki, u nafaqat
terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy
me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan,
milliy o’ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o’tishi bilan qayta-qayta o’zgarib turadilar.Evropa
mamlakatlarida shuningdek II jahon urushidan so’ng yillar mobaynida chekish odatiy
“me’yoriy” hodisa hisoblangan bo’lib, unga jamiyatda bee’tibor bo’lganlar. Hozirda, jamiyat bu
yomon, soq’liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi
sifatida munosabatda bo’ladilar.
Ijtimoiy-pedagogning faoliyati vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Ijtimoiy-pedagogik- ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni yo’lga quyishda bolaga
va oilaga yordam ko’rsatish, bolaning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish.
2.
Ijtimoiy-o’qitish vazifalari – bolaga ichkilikbozlik muammolari haqida bilimlarni
egallab olishga yordam ko’rsatish hamda ichkilikbozlikka berilish jarayoniga qarshi
turish ijtimoiy mahoratlari va ko’nikmalarini egallashiga yordam ko’rsatish.
3.
Huquqiy-himoyalanish vazifalari, bu vazifa alkogolizmga
berilgan bolaning
huquqlarini himoya qilishni va rioya qilishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy ishlar bo’yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)
Ijtimoiy turmush – oila va bolaga turmush, tura rjoy sharoitlarini yaxshilashda yordam
ko’rsatish va qullab-quvvatlash.
2)
Ijtimoiy-iqtisodiy - s’irli ichimlik ichadigan bola yashaydigan oilaga moddiy yordam
ko’rsatishda ishtirok etishini ko’zda tutadi.
Valeolog ijtimoiy-tibbiy vazifalarni bajaradi, bu s’irtli ichimlik ichadigan bola sog’lig’ini
saqlash bo’yicha ishlarni ko’zda tutadi.
Psixolog ijtimoiy-psixologik vazifalarni amalga oshiradi, bu ishlar
turli xildagi testlardan
o’tkazishni, bola va ota-onalarga maslahatlar berishni ko’zda tutadi. Faoliyat sub’ekti ijtimoiy-
pedagog hisoblanadi, lekin undan tashqari maxsus ishlar bo’yicha mutaxassislar ham valeolog
23
,
psixolog va ota-onalar ealb etilishi mumkin Faoliyat ob’ekt alkogolizm jarayoniga turli
darajalarda berilgan bolalar hisoblanadilar.Yana bir tarkibiy qism – faoliyat vazifalari, bu
vazifalarni faoliyat subhektlari bajaradilar: ijtimoiy-pedagog, ijtimoiy ishlar bo’yicha
mutaxassis, valeolog, psixolog, ota-onalar.
Bolaning ota-onalari bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirishlari kerak. Faoliyatning beshinchi tarkibiy qismi metodlar hisoblanib,
ular uning turli
subhektlari faoliyatlariga, bolaning yoshi xususiyatlariga, uning alkogolizm
jarayoniga berilganliklari darajasiga bog’liq bo’ladi.Faoliyat tuzilishining oltinchi tarkibiy qismi
- aniq metodlarga binoan belgilanadigan metodlarni amalga oshirish shakllari.
1.Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ushbu texnologiyasi kom’leks hisoblanadi, chunki bir
maqsadga erishishga harakat qiluvchi turli mutaxassislarni ishlarini birlashtiradi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan shaxsiy
xususiyatlarini shakllanti;rishga yo’naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy
chora-tadbirlar tizimi
bo’lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o’z-o’ziga xizmat
qilishda zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori bilan ijobiy
ijtimoiy rollarni bajarish, zarur ta’limni olish kabilarni o’z tarkibiga oladi.
O’smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni
reabilitatsion markaz deb
Valeolog(lotincha Vale) bolalar sog’lom turmush tarziga o’rgatuvchi mutaxassis.
114
ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
o
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o’smirlarda ‘rofilaktik
oldini olish choralarini ko’rish.
o
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy,
‘sixologik zo’ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og’ir hayotiy vaziyatlarga tushgan
bolalarga tibbiy-’sixologik yordam ko’rsatish
o
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko’nikmalarini
shakllantirish
o
Ota-ona qaramog’i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o’z qaramog’iga
olish funktsiyasining bajarilishi
o
favqulodda vaziyatlarda ‘sixik va ‘edagogik qo’llab-qo’vvatlash
o
oilaga qaytishga hamkorlik qilish
o
ta’lim olish, me’yordagidek o’sishga imkoniyat bilan ta’minlash.
o
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g’amxo’rlik qilish.
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy
himoya qilish va qo’llab-qo’vvatlash, ularni reabilitatsiya qilish orqali hayotlarini to’g’ri yo’lga
qo’yiladi. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar,
qanday jamiyatda, u eng
rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo’ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi,
ularda o’zlariga alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo’ladi. Bunday insonlar biror-bir
jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday
insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo’lib ajralib turadi. Ularga doimo
maxsus alohida munosabatda bo’lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-
madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Masalan,
qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosoq’lom bolalarni
qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan.
Boshqa jamiyatlarda esa
bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va q’amxo’rlik ko’rsatilgan.
Hozirgi davrda AQSH va qator Yevropa mamlakatlarida nosoq’lom insonlarga ham
barcha qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo’ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli
ahzosi sifatida qaralib, bu insonlarni muammoli yokti imkoniyati cheklangan shaxs sifatida
alohida maxsus e’tibor beriladi.“Muammoli inson” tushunchasi AQSHda keng qo’llanilsa
Yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko’p ishlatiladi. Bugungi
kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo soq’liq masalasi eng dolzarb
masala
hisoblanadi.
Chunki,
bunday
insonlar
soni
dunyo
miqyosida
o’sib
bormoqda.YUNESKOning istiqbol bo’yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu
ko’rsatkichni o’zgartira olmaydi.
Dostları ilə paylaş: