Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

O‘zlashtirish ta’limi

Bugungi 
o‘quvchilar 
tayyor 
bilimlarni 
o‘qituvchidan 
eshitaverishdan, ularning nasihatlari-yu tanbehlardan charchab ketdi. Ta’lim jarayonidagi bir 
xillik va takrorlar bolani o‘qishdan bezdirib qo‘ydi. Ayrim o‘quvchilar ustozlarining 
ko‘pchiligidan bilimliroq. O‘z shaxsi, bilimi va mahorati bilan o‘quvchilarini hayratga sola 
biladigan ustozlar bugun kamchilikni tashkil etadi. Shu sabab maktab va o‘qituvchining obro‘si 
o‘quvchilar oldida istalganidek emas. Tarbiyashunoslik tajribasida shunday haqiqat mavjud: bola 
eshitsa-unutadi; ko‘rsa-eslab qoladi; bevosita ishtirok etsa- o‘zlashtiradi. Shuning uchun 
maktabda o‘quvchiga nasihatlar qilavermay,dars jarayonida bilimlarni tayyor holda beravermay 
bola o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan insoniy sifatlarni,hayotiy haqiqatlar va bilimlarni uning oldiga 
muammoli masalalar,o‘ylashga majbur qiladigan savol-topshiriqlar, o‘zi his qilishiga,sinab 
ko‘rishigayo‘naltiradigan vazifalar tarzida berish lozim.Uning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga, 
bilimlarni o‘zi mexnat qilib o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratish kerak. Bunday vaziyatlarga 
solinganda o‘quvchi darslikdagi matnga, qo‘shimcha adabiyotlarga, hayotiy tajribasiga, 
bilganlariga qayta-qayta murojaat qiladi,izlanadi, o‘rtoqlarini eshitadi, o‘z qarashlarini 
asoslashga urinadi, xulosalar chiqaradi. Shu tariqa bola o‘zi sezmagan holda o‘z ma’naviyatini 
shakllantirish yo‘lida ishtirok etadi, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bevosita mehnat qiladi. 
Fikr aytish bilan unda o‘z qarashi, o‘z munosabati, o‘z nuqtai nazari shakllanadi. 
Bunyodkorlik ta’limi.
Ma’lumki, yangilik yaratish huzurbaxsh jarayon. Avvalo, inson 
o‘zi yaxshi ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanayotganidan maza qiladi. Boshlagan ishi yakunlanganda, 
ya’ni kashfiyot dunyoga kelganda yanada yayrab ketadi. O‘z ixtirosi tufayli rag‘batlarga sazovor 
bo‘lganda yanada lazzatlanadi. Ularning hayotga, amaliyotga jalb etilganini ko‘rganda takror 
huzurlanadi. To‘yilgan lazzatlar uni o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lida olg‘a yetaklaydi. Bu tuyg‘u 
uni hayotiy yoki ilmiy haqiqatlar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi kashfiyotlar 
qilishga undaydi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha bolalar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlarni 
ular o‘zlari uchun o‘zlari qayta kashf etishlariga sharoit yaratish uchun, avvalo, o‘sha bilimni 
bola uchun qiziqarli masalaga, jumboqqa aylantirish kerak. Inson tabiatan «parda ortidagi» 
narsani bilishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi bilimlarni pardalashi, ularni 
ochishni bolalarning o‘zlariga havola qila bilishi lozim. Shunda bolalar tomonidan o‘zlariga 
havola qila bilishi lozim. Shunda bolalar tomonidan ilmiy va hayotiy kashfiyotlar qilinadi. 
Kashfiyotlarning lazzatlari ularni ixtirolarga shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli 
egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan 


146 
xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni 
muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi 
muvaffaqqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi. 
Demak, qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat 
darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi 
hisoblanadi. 
Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq 
natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u shubhasiz, 
qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali kam tajribasi 
bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqqiyatli olib borishga yordam beradigan bir 
qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan 
darak beradi. 
O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi – pedagogik 
mahoratga ega bo‘lishi zarur. 
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi 
bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga 
qobiliyatli, iste’dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Individual 
profilaktik ta’sir ko’rsatish metodlarini tanlash bolaning faoliyati ustun doirasini hisobga olib 
quriladi. Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilishda rag’batlantirish, sustlashtirish 
metodlaridan faol foydalanish mumkin. O’zining mazmuni bo’yicha ular anhanaviy 
rag’batlashtirish va jazolash metodlaridan ancha boydir. 
Rag’batlantirish metodik usullari qatoriga mahqullash, maqtov, ishonish, baholash, 
mukofotlash, minnatdorchilik bildirish va boshqalarni kiritish mumkin. Yigit va qizlardan iroda 
va mehnatsevarlikni talab etadigan harakatlar va ishlarinigina rag’batlantirish kerak. Ular ko’p 
kuch sarflamay va vaqt sarflamay amalga oshirganlarini emas sustlashtirish (tartibga chaqirish, 
yo’lga solib turish) metodlari usullari tanbeh berish, koyish, ogohlantirish, yahni qoida buzuvchi 
shaxsiga nisbatan qattiq talablardan iborat bo’ladi. Ular insonning hulqiga jamoatchilik talablari 
alohida shaklidan iborat bo’ladi, unda bir vaqtning o’zida nima noto’g’ri bajarilganligini 
qoralash ham, keyinchalik qanday harakat qilishga ko’rsatma ham beriladi hamda qilgan ishini 
takrorlashi mumkinligini oldini olish maqsadida kelajakda ogohlantirish beriladi.Tormojenie 
(sekinlashtirish, tartibga chaqirish yo’lga solish) insonga har kuni kerak bo’ladi va u 
tarbiyalangan bo’lishi kerak, odat bo’lishi, har bir jismoniy va psixik harakatda ifodlanishi, 
ayniqsa tortishuv janjallarda kerak bo’ladi. Yo’lga solish usullari agarda ularni jamoa, 
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan qo’llab-quvvatlansa, ayniqsa yaxshi ta’sir ko’rsatishi 
mumkin.
Umuman yo’lga solish uchta asosiy vazifani bajarishi kerak: o’z kamchiliklarini tushunib 
yetishga, ularning yomonligini anglashga, xulqini o’zi boshqarish bilan bu kamchiliklarni 
yo’qotish. Shundan keyin maqsadlarga muvofiq va shaxs xususiyatlarini hamda vaqtni o’tkazish 
eng nozik davrini (nazoratni kuchaytirish uchun) hisobga oluvchi vositalarni aniqlanadi. Ular 
ko’pchilik hollarda bo’ladigan og’zaki o’rgatishdangina iborat bo’lmay, balki turli xil kompleks 
choralardan iborat bo’lishi kerak.Yosh huquqbuzarni qayta tarbiyalash samarali vositalaridan biri 
o’ziga individual bo’lgan, dinamik, insonning ichki dunyosi hamma boshqa tomonlari bilan 
murakkab munosabatlarda bo’lgan uning emotsional-irodaviy doirasiga ta’sir ko’rsatish 
hisoblanadi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi tushunchasiga psixologiyada sezgi va 
irodasini kiritadilar. Sezgi – insonning hayotida sodir bo’layotgan, u idrok etayotgan yoki 
amalga oshirayotgan ishga turli shakldagi hayajonlanish, ta’sirlanish ichki munosabati sezish 
ta’sirlanish turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat, stress holati, zavq ham va nihoyat sezgi 
tor ma’noda bu – shaxsning emotsional doirasini tashkil etadi.Pedagogning kasbiy bilimdonligi 
kreativlik bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin