Oilaning ijtimoiy mavqei – oilaning individual xususiyatlari bilan uning tuzilish va
funksional parametrlari bilan mos kelishi hisoblanadi.
Etimlik – jamiyatda ota-onalari vafot etgan bolalar hamda ota-onalari qarovisiz qolgan
bolalar borligi sababli ijtimoiy holatdir.
Ijtimoiy etimlik – biologik ota-onalariga ega bo‘lgan bola, lekin ular biror-bir sabablarga
ko‘ra bolani tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar; shunday
holatda bola haqidagi tashvishlarni jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi.
Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar – bu bolalarning ota-onalari: vafot etgan; ota-
onalik huquqidan mahrum etilgan; ota-onalik huquqlari cheklangan; noma’lum sabablarga ko‘ra
yo‘qlar deb tan olingan; layoqatsiz (nogironlar); axloq tuzatish koloniyalarida jazo muddatini
o‘tayotganlar, jinoyat sodir etishda ayblanadilar va qamoqqa olingan; bola tarbiyasidan bosh
tortadiganlar; bola vaqtinchalik joylashtirilgan davolash, ijtimoiy muassasalaridan bolani olib
ketishdan bosh tortadilar.
Vasiylik va himoyasiga olish – etim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni
boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish
shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga etmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18
yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Farzand qilib olish – farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-
onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik
akt.
Davlat qaramog‘iga olish – farzand qilib olinayotgan bolaga (etim bolaga) uni
tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur haroitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga
joylash
Anomal bolalar – me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida
bo‘lgan hamda ularning asoratlarini engib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini
qo‘llanilishiga muhtoj bolalar.
Iqtidorlilik – me’yordagi yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda
bo‘lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo‘lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar.