268
FANNI O ’RGANISH BO’YICHA BOSHQA MATERIALLAR
KEYSLAR BANKI
Keys №1: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari
Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga
qaytgan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xafizov menejment bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi.
Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar
kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa
bo‘lganida mazkur guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi.
O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan
bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba A.Petrovaning
auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi.
O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib
yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga
shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga
qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib
auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining
kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan
o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori
tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va
o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha
harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda
bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama
qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har
qanday vaziyatda ham N.Xafizovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning
homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga
so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini,
talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra
mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan
ozod etildi.
YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N.Xafizovning o‘rnida bo‘lganingizda
qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? N.Xafizovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?
Dostları ilə paylaş: