270
O‘quv portfolioning xilma-xil turlari mavjud: 1. “Hujjatlar portfoliosi”.
Bunday turdagi
portfolio indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlarning sertifikatlangan portfeli: diplom, faxriy yorliq,
guvohnoma va boshqalar. 2. “Ishlar portfoliosi” o‘zida turli xil ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqot
ishlarini aks ettiradi: reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar,
ijtimoiy amaliyotga doir hisobotlar. Mazkur portfolioda talaba mustaqil va guruhdoshlari bilan
birgalikda to‘plagan
adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joylanadi.
3. “Taqrizlar portfoliosi”da talabaning erishgan yutuqlarini
baholashga doir xulosalar,
taqrizlar, rezyumelar, esselar, tavsiyanoma va tavsifnomalar taqdim etiladi. 4. “Natijalar
portfoliosi” belgilangan yo‘nalish bo‘yicha egallanuvchi talabalar mahoratini jamlash uchun
qo‘llaniladi; talabalar yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning
eng yaxshi ishlarini
o‘zida aks ettiradi. Natijalar portfoliosi individual va guruhli bo‘lishi mumkin. Guruh natijalari
portfoliosi g‘oyasidan “Eng yaxshi talabalar guruhi” konkursida foydalanish mumkin. 5.
“Baholovchi portfolio” talabalarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish uchun
yig‘iladi va turli xildagi nazorat materiallaridan tashkil topadi: nazorat ishlari, testlar, chizmalar,
krossvordlar va boshqalar. Baholovchi portfolioni pedagog mustaqil ravishda tuzishi va ta’lim
olish kursi tugashigacha bo‘lgan vaqtga mo‘ljallashi mumkin.
Hozirgi vaqtda o‘quv portfoliosidan oliy ta’limda foydalanishga harakat qilinmoqda.
Asosan, tillarni o‘rgatish jarayonida o‘quv portfoliosini qo‘llashga harakat qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: