Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi.
Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs 
o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu 
vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. 
Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. 
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va 
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida 
bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin. 
Pozitiv negativ 
Oila a’zosi daydi
fuqaro nashavand gadoy 
Jamoa a’zosi mutaxassis 
1.4-rasm. Ijtimoiy maqom 
Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va singil, nevara va 
b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, etakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq 
kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis 
(o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga 
muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib 
ketish imkoniyatini beradi. 
Bu individni ijtimoiy muhit hart-haroitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv
deb ataladi. 
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning 
“hammadek” bo‘lishi ob’ektiv ‘htiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada 
- boshqa ‘htiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ‘htiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash 
usul va vositalarini qidira, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtirilishi sodir 
bo‘ladi. Bola individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ‘ga 
shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon ‘tadi. Ijtimoiy o‘zini 
tutish ‘sa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay notakror, 
individuallik qirralarni ‘gallaydi. 
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: 
sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani ‘gallash) va individuallashtirish (mustaqil bo‘lish). 
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida 
muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va 
qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘z ahamiyatli “umumiy”ni individualligini 
qo‘shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi. 
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, 
tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib 
kelishi mumkin. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin