Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Buzilgan xulq - atvor ijtimoiy dezaptatsiyaning



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Buzilgan xulq - atvor ijtimoiy dezaptatsiyaning
bir ko'rinishi hisoblanadi. Bolalik - 
o'smirlik dezaptatsiya haqida gapirganda albatta bolalar kategoriyalarini bo’lib olish kerak.
Bular:
- o’qishga bormaydigan maktab yoshidagi bolalar; 
-yetim bolalar, -ijtimoiy yetimlar’ 
-giyohvand va zaharli moddalarni iste’mol qiluvchi o'smirlar; 
-jinsiy intizomsiz xulq - atvorli o'smirlar’ 
-jinoiy ishlarga qo'l urgan o'smirlar. Bizga ma’lumki, deviatsiya - deviant, delinkvent va 
kriminal xulq - atvorni o’z ichiga oladi. 
Deviant xulq - atvor - bu xulq - atvor o’zgarishlarining bir turi bo'lib, kichik ijtimoiy 
munosabatlarda va kichik ijtimoiy guruhlarga xarakterli yoshga tegishli xulq - atvordagi ijtimoiy 
norma va qoidalarning bizilishi bilan bog'liq bo'lgan xulq - atvor tushiniladi, ya’ni xulq - 
atvorning bu turini antistsiplinali (tartib qoidalarga qarshi) deb atash ham mumkin. Deviant xulq 
- atvorning ko'rinishlari deb vaziyatli o’zaro bog'langan bolalar va o'smirlar xulq - atvoridagi 
reaktsichlari aytiladi, ular namoyish, tajovuzkorlik, bosqinchilik, chaqiriq, mustaqil va tizimli 
ravishda o'qishdan yoki mexnat faoliyatidan o’zilish, tizimli uydan chiqib ketishlik va daydilik, 
bolalar va o'smirlar ichkilikbozlik va aroqxo'rlik vaqtli, giyohvandlikka berilishi jinsiy 
harakatlardagi jamiyatga qarshi harakatlar va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
Deviant xarakterlarning asosiy sabablari 
Bolalar, o’smirlar va umuman bazi jamiyat a’zolarining jamiyat tan olgan me’yorlarga 
zid keluvchi xatti — harakatlarni namoyon etishi — bu birdaniga, o’z —o’zidan bo’ladigan 
hodisa emas. Yani o’sha insonlarning shunday yo’l tutishiga nimadir sabab bo’ladi. Ya’ni har bir 
fazilat o’z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir —biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan turli xil 
faktorlarga borliq: irsiyat, muhit, tarbiya, iisonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k. Voyaga 
yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. 
Jumladan: 
1. 
Biologik 
faktorlar, 
ya’ni 
bolalarning 
ijtimoiy 
hayotga 
moslashuvini 
murakkablashtiruvchi noshush fo’ziologik va anatomik holatlar: Ularga: 

genetik (o’ta aqli zayflar, ko’rlar, karlar va h.k), 

psixofiziologik(ya’ni inson organizmiga salbiy ta’sir kirsatuvchi, somatik 
harakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, 
kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k), 

fiziologik (atro`ldagilarda nohush kayfiyat uyg’otuvchi tashqi qiyofa, tilning 
duduqligi va h.k). 
2.Psixologik faktorlar, ya’ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (xaddan tashkari) 
holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir). 
q.Ijtimoiy—pedagogik faktorlar, ya’ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va 
jamoatchilik tarbiyasidagi nuqsonlar. 
4.Ijtimoiy — iqtisodiy faktorlar, ya’ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning 
boylar va kambag’allar deb ajratilishi, xalqning ma’lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik 
maoshining kamligi, shirinso’zlik, inflyatsiya va h.k. 
6. Ma`naviy— axloqiy faktorlar. Ularga birinchidan, jamiyatdagi ma`naviy 
qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma`naviy qashshoqlanishi ko’rsa, ikkinchidan, 
muyyan jamiyatning undagi ro’y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi. 


77 
Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari deviant 
xatti — harakatdagi bolalar va o’smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya 
ishlari amalga oshiriladi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin