Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Reabilitatsiya
— bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statuey, sog’ligi, ishga 
layoqatsizligini tiklashga haratilgan kompleks, ko’p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. 

profilaktika va korrektsiya
singari aspektlarni o’z ichiga oladi. Profilaktika — bu reabilitatsiya 
tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yuqotishga hart- haroitlar 
yaratishga haratilgan tadbirlardir. U ko’proq ijtimoiy muhit bilan bog’liqdir. Korrektsiya — bu 
hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o’smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat 
hisoblanadi 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi 
Ijtimoiy pedagog avvalambor quyidagilarni bilishi lozim: 
Ijtimoiy tarbiya, oila pedagogikasi, o'quvchi shaxsi deganda nimani tushinish kerak, 
bolaga ta’sir ko'rsatishning (o'tkazishning) va muomala metodlarining qanday tu'rlari bor, 
tarbiyasi og'ir bolalar bilan ish olib borishning o’ziga xos xususiyatlari va hokazo. 
Ijtimoiy pedagog faqatgina alohida shaxs bilan bolalar bilan, o'smirlar bilan, agarda guruh
bo'lib ishlashi kerak bo'lsa faqatgina kichkina guruh bilan, agar oila bilan esa faqat kichik oilalar 
bilan, lekin har biri bilan alohida ish olib boradi. 
Ijtimoiy pedagogning vazifasi bu bolalarni, o'smirlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularga 
ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko'rsatish, uning o'qishini tashkillashtira olish, shuningdek, ularning 
obro' e’tiborini tiklash va jamiyatga moslashtira olish o'quviga ega bo'lishi lozim. 
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bolani har tomonlama o'rganish, inqiroz darajasini 
va uni bartaraf etish yo’llarini rejalashtira olishi kerak. 
Buning uchun esa pedagog ijtimoiy xizmat faoliyati bilan shunigdek, ijtimoiy, muxofaza 
qilish ishlari bilan yaqindan tanish bo'lishi kerak. Bu esa ijtimoiy pedagogning kasbiy tayyor-
bo’lishni va yuqori darajadagi pedagogik mahoratga ega bo'lishini talab qiladi. 
Ijtimoiy pedagog quyidagi fanlar bo'yicha kasbiy bilimlarga ega bo'lishlari lozim: 
Pedagogika va psixologiya, bolaning rivojlanish, fiziologiyasini, tarbiya ishlari metodikasini va 
hako’zo va bolalar bilan hamkorlik o'rnata olish va tashkillashtira olishi lozim. 
Shuningdek ijtimoiy pedagog pedagogik texnologiyani ham bilishi kerak bo'ladi. Demak, 
tarbiyalanuvchilarga ta’sir o'tkazish yo'llari, malaka va mahoratga ega bo'lishi kerak. Nafaqat 
gaplashish hattoki ularga ta’sir o’tkazish va ishontira olishlari kerak bo'ladi. 
Ijtimoiy pedagog muomala madaniyati va gaplashish texnikasiga e’tibor qaratishi lozim 
bo'ladi. 
Ho’zirgi kunda ijtimoiy pedagog: 
-maktabda, sinfda nosog'lom oilalar bolalari bilan ishlashida: -maktab-internatlarda, 
mehribonlik uylarda, bolalar uylarida: -ijtimoiy-ta’limiy markazlarda, ijtimoiy-psixologik xizmat 
markazlarida: -reabilitatsion-korrektsion markazlarda: -madaniyat markazlari, yoshlar klublari: -
yo’zgi dam olish va mehnat lagerlarida ish olib boradilar. Asosan bu maxkamalarda ijtimoiy 
pedagoglar bolalar va oilalar bilan ish olib boradi va ular quyidagilardan iborat: 
Faqatgina bolalarning (o'smirlarning) bilimlarigina ijtimoiy pedagogning ularga yordam 
berishi yoki qayta tarbiyalashda to’g’ri yo'l tanlashida yordam bera oladi. 
Ularning sog’ligini, oilasidagi o’zaro munosabatlarni, maktabga o’z tengqurlari bilan 
munosabatlarini, munosabatlari qanday ekanligini bilishi zarur. 
Pedagog suhbat, anketa javoblari, tengdoshlari bilan bo'lgan munosobatlaridagi xulq-
atvoridan, bolalar bilim saviyasidan bilib oladi. 
Ijtimoiy pedagogning olib boradigan ishining keyingi bosqichi bu bola (o'smir) bilan 
birgalikda uning holatini, u tushib qolgan vaziyatni, «atrofdagilarning hammasi ayibdor» deb 
qaramasidan bolaning o’zining xatti- harakatiga e’tibor qaratishi orqali tushinib olish. Vaziyatni 
aniqlashtirib va unda ishtirok etish bilan inqirozdan chiqib ketish yo'lini topishi mumkin. 


78 
Bolalar bilan munosabatda bo'lishi uchun ijtimoiy pedagogika pedagogik nazorat va 
mahorat kerak bo'ladi. Bu esa ularga bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borish me’yorini belgilab 
beradi: agar me’yoridan oshib ketsa yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilik qobiliyati bolalarni (o'smirlarni) faqat o’zigina o’z 
hayotini o’zgartira olishi va qiyin vaziyatdan chiqib keta olishini ishontirishda ko'rinadi. 
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilk faoliyati bolalar bilan jamiyat o'rtasidagi davlatchilik 
mahkamalari o'rtasidagi aloqasi, eng asosiysi esa bolaga yangi hayot talablariga moslashishiga 
yordam beradi. Ijtimoiy pedagogning ishlash metodlari. 
Eng keng tarqalgan va tabiiy metodlaridan biri bu kuzatish metodi. Pedagog bolaning 
muomalasini uning oiladagi, maktabdagi, dars jarayonidagi tengdoshlari bilan uning mehnat 
faoliyatini, xulq-atvorini ko’zatadi. Suhbat metodi - suhbat o'tkazishga tayorlanish uchun oldin 
anketa olinadi, oldindan savollar tuziladi komissiya natijalari bilan tanishadi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin