Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Reproduktiv vazifasi-
(‘roductio lotincha, so’zdan – o’zini qayta ishlab chiqish, 
ko’payish, avlod ishlab chiqarish) inson zotini davom ettirish zaruriyatini sababini asoslaydi. 
Oxirgi paytlarda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning 
aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydi: ta’lim olishda, ishda, malakasini 
oshirishda, o’zining qobiliyatlarini amalga oshirishda. Bola ko’rmaslik afsuski faqatgina mavjud 
bo’lmay, ular bolaga ega bo’lish yoshidagi er-xotinlar orasida keng tarqalmoqda, bu yevropa 
davlatlari uchun xosdir. Oila kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo’lmoqda: 
tug’ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan ajralib chiqishlari, ajralishlarning o’sib 
borishi natijasida bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog’lig’i sifati va 
mamlakatda sog’liqni saqlash rivojlanish darajasi-ekspertlarning baholashlari bo’yicha yomon 
ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli 
yoshi katta aholining 10-15% sog’lig’i holati sababli bolaga ega bo’lishi mumkin emas.
 
Iqtisodiy va xo’jalik-turmush vazifalari
-
azaldan oilasi har doim jamiyatning xo’jalik 
boshlang’ich tashkiloti bo’lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo 
oilada har doim vazifalar tqsimlangan bo’lgani uchun mavjud bo’la olgan. Azaldan ayollar butun 
uy ishlari bilan mashg’ul bo’lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug’ullanganlar. Ilmiy texnik 
revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko’plari (ovqat tayyorlash Kir yuvish, 
uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi.
 
Boshlang’ich ijtimoiylashtirish vazifasi-oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol 
ta’sir ko’rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir.
Oila ijtimoy mikromuhitdir. 
Ijtimoiy ta’sir ko’rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoiny, psixik va ijtimoiy 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat 
madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-sekin jamiyatga 
kiritib borishdan iboratdir.
 


81 
Insoniyat to’plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug’ilib o’sayotgan mamalakat madaniyatiga, 
uning mahnaviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o’rgatish – ota-onalarning majburiy 
vazifasidir. 
Tarbiyaviy vazifasi
-
boshlang’ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash 
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo’lganlar va 
shunday bo’lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. 
Bahzan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona 
o’lchov belgisi bo’lib qoladi. To’g’ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo’lganida, buzuq axloqli 
hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo’lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya 
buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o’zining borligi bilan ta’sir 
ko’rsatmaydi, balki qulay mahnaviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o’rtasidagi sog’lom 
munosabatlar bilan ta’sir ko’rsatadi. 
Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari,buning mazmuni oila inson 
o’zini to’la himoyalangan deb xis etadigan, to’la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko’rinishi, 
hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana 
bo’lishidan iboratdir.“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog’lom, tinch oila – dunyodagi 
hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo’lsa ham yashirinishga, dam olib o’z kuchlarini to’plab 
olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.Rafiqasi 
o’z uyida o’zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan 
an’anaviy modeli endi o’tmishda qolib ketmoqda. Ko’pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va 
uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari 
bilan bo’lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi. 
Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari-oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi 
zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha 
ada’to - moslashtiraman), ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga 
moslashishi hisoblanadi.
Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo’lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, 
ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin