Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Etim bolalar – bu 18 yoshgacha bo’lgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Etim bolalar – bu 18 yoshgacha bo’lgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan 
shaxslardir. Ijtimoiy yetim –
bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga 
ko’ra bola tarbiyasi bilan shug’ullanmaydilar va unga g’amxo’rlik ko’rsatmaydilar. 
17
Ожегов.С.И. Толковый словарь русского языза. – М, 1994, с. 445


84 
Bunday hollarda bolalarga g’amxo’rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o’z zimmasiga 
oladi. Shunday qilib, 
ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilari 
kiradilar: 

ota-onalari vafot etgan.

Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. 

Ota-onalik huquqlari cheklangan; 

Noma’lum, daraksiz, yo’q hisoblangan. 

Ishga yaroqsiz (nosog’lom, ish qobiliyati cheklangan); 

Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan. 

Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan. 

Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi. 

Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan bolani olib 
ketishdan bosh tortadilar. 
Vasiylik 
va qaramog’iga olish – yetim-bolalarni va ota-onasi qarovisiz qolgan bolalarni 
boqish, tarbiyalash, tahlim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun 
joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan o’rnatiladi, qaramog’iga 
olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o’rnatiladi. 
Etimlik 
– jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini 
yo’qotgan bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali bo’lish talabi ehtiyoji 
bolaning eng kuchli talablaridan biridir. 
Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun 
xosdir. Masalan, amerikalik tadqiqotchilari butun dunyo bo’yicha kasalxonalar, tug’ruqxonalar, 
ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to’lib ketganligini aytadilar. Ularni 
turlicha “voz kechilgan bolalar”, “davlat bolalari”, “tashlab ketish uchun tug’ilganlar” ham deb 
ataydilar. 
Urush boshlanganda Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramova artelda 
temirchi bo’lib ishlaganlar. Toshkent ayollarining O’zbekiston barcha ayollariga murojaat etib 
(1942 yanvar) ularni evakuatsiya qilib kelingan bolalarga nisbatan onalik g’amxo’rligini 
ko’rsatishga chaqirganlaridan keyin ular turli millatlardan yetim-bolalarni tarbiyalariga olishgan. 
Ular orasida rus, belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar va boshqa millat bolalari bor edi. 
Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatadilar, ularni o’qitib 
tarbiyalab bizning mamalakatimizga munosib kishilari qilib o’stirdilar. 1966 yilda zilziladan 
so’ng Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarni oilaga qabul qildilar. Shomahmudovlar 
“Hurmat belgisi” ordeni bilan B.Akramova “qahramon ona” ordeni bilan ham mukofotlanganlar. 
Ular Raxmat Fayzining “Ulug’ inson” romanining, “Sen yetim emassan” badiiy filg’mining 
asosiy qahramonlari timsoli qilib olinganlar. Toshkentning ko’chalaridan biri Shomahmudovlar 
nomi bilan ataladi, Xalqlar do’stligi maydonida “Do’stlik” monumenti o’rnatilgan. Ulardan 
tashqari yana minglab o’zbek oilalari urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarni asrab 
olganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq shoiri Gofur Gulom o’zining “Sen yetim emassan” 
shehrida o’z ota-onalarini va uylarini yo’qotgan bolalarga qaratilgan qalb so’zlarini yozgan: 
Sen yetim emassan, tinchlan jigarim!
Quyoshdek mehribon vataning onang, 
zamindek vazminu mehnatkash, mushfiq,
xalq bor, otang bor cho’chima jigarim.
O’z uyingdasan, uxla jigarim. 
Etimlikning hamma sabablarini aytib o’tish qiyin, chunki bu turli fan sohalari olimlari 
(shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va ko’plab boshqalar) shug’ullanadigan ko’p 
qirrali muammo va u ham oxirigacha o’rganib bo’linmagan. Ammo hech bo’lmaganda 
yetimlikning uchta sabablarini aytish mumkin: 


85 
1.
Ota-onalar (ko’pincha onalar) o’zining balog’atga yetmagan bolasidan o’z ixtiyori 
bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko’pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish, 
tashlab ketilgan chaqaloqlar. 
2.
Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum 
etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, 
jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog’lom ota-onalari 
bo’lgan, notinch oilalarda yuz beradi. 
3.
Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko’chishga majbur etuvchi 
qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer qimirlashi va shu kabilar) oqibatida 
yo’qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi 
– bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro 
hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konventsiya va boshqalar), 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi 
oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko’rsatiladi: oilada 
yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi, 
o’zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. Davlat birinchi navbatda 
bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga 
bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo’lmasa uning uchun yangi 
oila izlash afzal deb hisoblanadi. 
O’zbekistonda ota-onalarisiz qolgan yetim-bolalarga yordam ko’rsatish uchun “Sen yolg’iz 
emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi va 
rivojlanishiga tegishli ijtimoiy alg’ternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va 
mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo’lgan usullarni kiritish mumkin: 

Oilaga qaytarish. 

Mamlakat ichida asrab olish. 

Tarbiyalash uchun oilaga berish; 

Maxsus tarbiya muassasalariga berish. 
Etim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat 
qaramog’iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, 
vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin