87
tashkilotlardagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi
tadbirlarni amalga oshirish; bolalar umumiy tahlim olishlarini tashkil etish.
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1.Bolaning
rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni
yaratish.2.Bolalar sog’lig’ini saqlashni tahminlash.3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning
tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini tahminlash.
4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
5.Bolalar tahlim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib
tahlim olishlari.
6.Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini
shakllantirish.
7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga
keltirish.
8.Kasb-hunar tahlim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik
o’zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatini
chuqurroq ko’rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi
tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni). Bu maqsad turli
masalalarni bajarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik
faoliyat masalalari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: