85
1.
Ota-onalar (ko’pincha onalar) o’zining balog’atga yetmagan bolasidan o’z ixtiyori
bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko’pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish,
tashlab ketilgan chaqaloqlar.
2.
Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum
etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan,
jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog’lom ota-onalari
bo’lgan, notinch oilalarda yuz beradi.
3.
Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko’chishga majbur etuvchi
qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer qimirlashi va shu kabilar) oqibatida
yo’qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi
– bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro
hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konventsiya va boshqalar),
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi
oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko’rsatiladi: oilada
yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi,
o’zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. Davlat birinchi navbatda
bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga
bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo’lmasa uning uchun yangi
oila izlash afzal deb hisoblanadi.
O’zbekistonda ota-onalarisiz qolgan yetim-bolalarga yordam ko’rsatish uchun “Sen yolg’iz
emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi va
rivojlanishiga tegishli ijtimoiy alg’ternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va
mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo’lgan usullarni kiritish mumkin:
•
Oilaga qaytarish.
•
Mamlakat ichida asrab olish.
•
Tarbiyalash uchun oilaga berish;
•
Maxsus tarbiya muassasalariga berish.
Etim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat
qaramog’iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila,
vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila.
Dostları ilə paylaş: