Oilaning tipologiyasi- oilaning ko’plab tipologiyalari mavjud bo’ladi: psixologik,
pedagogik, sotsiologik. Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob
beradi, u jamiyatda ijtimoiy moslashuvi darajasi bo’yicha farq qiladigan
oilaning to’rt kategoriyadagi tiplarini ajratishni ko’zda tutadi.
1.
Yuqori darajasi - mustahkam oilalar.
2.
O’rtacha – xavfi bor oilalar guruhi.
3.
Past darajali – notinch (baxtsiz) oila.
4.
Juda past – assotsional oilalar.
Tinch, baxtli oilalar o’z vazifalarini bajara oladilar. Ijtimoiy pedagog va apsixologlar
yordamiga deyarli muhtoj emaslar. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni
moddiy, psixologik va boshqa ichki imkoniyatlariga asoslangan qobiliyati hisobiga o’z
bolasining talab-ehtiyojlariga tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash va rivojlantirish
masalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Muammolar paydo bo’lgan hollarda ularga ijtimoiy
pedagogning bir martalik yordami (maslahati) yetarli bo’ladi.
Notinch oilalar, bu hayot faoliyati biror-bir sohasida yoki bir vaqtda bir nechtasidan past
ijtimoiy mavqega ega bo’lgan oilalar.
Masalan, oila daromadi past darajada, yomon psixologik muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy tarbiyalash jarayoni qayta qiyinchiliklar bilan o’tadi, natijasi kam bo’ladi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol va davomiyli yordam kerak bo’ladi. Asotsional oilalar – bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar- gigienik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim
shug’ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang’och bo’lib rivojlanishdan
ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy
pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda,
hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak.
Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari; chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli
va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatish boy
tajribalari to’plangan.
Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqiroz intervent va muammoli-yo’naltirilgan modelni
o’zaro aloqlarini ko’rsatadilar.
Inqiroz intervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam
ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi
mumkin yoki tasodifiy zarar yetkazuvchi holat bo’lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar
bolaning yoshi inqirozi bilan bog’liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi.