Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti 
motivlariga ko’chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi. E’tiqod-bu bolaning 
ma`naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch bo’lib, u shaxsning axloqiy 
faoliyatiga va harakatiga ichki xohishdir.
E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va to’g’riligi tushuntirish va 
isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, xis – tuyg’ulari va 
irodasiga ta’sir o’tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning 
psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur. 
Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir.
Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar 
oldiga vazifa qo’yilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va 
kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum 
bo’lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, lektsiya, suhbat, disput.


79 
Hikoya va lektsiya-bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning 
monologik formasi. Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladi, u uzoq vaqt 
cho’zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi. Ma’ruza katta yoshdagi bolalarga 
qo’llaniladi, vaqti uzoqroq bo’lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanizm, do’stlik, 
yaxshilik) ni ochib beradi. Suhbat va disput- dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash 
muhim. Suhbat - bu savol- javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki
savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin. O’smirlar uchun disput metodi qo’llanadi, bu 
metod fikrlarini shakllantiradi. Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to’g’riligi va 
zarurligini tushuntirish va isbotlash.
Agar ishontirish bola ongini "programmalashtirsa, mashq qilish bilim-ko’nikma va 
malakalarini shakllantiradi. Mashq qilish oxir- oqibatda bolalarda odob-axloqni shakllantirishi 
uchun zarur. Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo’lgan 
ko’nikma va odat hosil bo’lib, mustashkamlanishga qadar bo’lgan ko’p marta takrorlanuvchi 
harakatga aytiladi. Ko’nikma va odatlarning shaklanishi quyidagi usullardan iborat : vazifani 
qiyish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg’otish, amalda qilib ko’rsatish, 
amaliy mashqni tashkil qilishi, talab kuyishi, talabni bajarishni zslatish va uning bajarilishini 
kuzatib borish.
Malaka va odat o’rtasida ma’lum distantsiya bor. Bu malakani shakllantiramo’z keyin 
ma'um vaqt muntazam mustashkamlab borib, uni odatga aylantiramizz. Mashq qilishi 
metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini iyin shaklida tashqil qilishi orqali 
oshadi. Mashq qilishi va ishontirish metodlari o’zaro chambarchas bog’liq. Ijtimoiy pedagogik 
metodlar orasida muhim guruhni korrektsiya metodlari tashqil qiladi, unga rag’batlantirish va 
jazolash metodlari kiradi. Ijtimoiy- pedagogogika tarix guvohlik beradiki, rag’batlantirishi va 
jazolash-bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. 
Rag’batlantirish va jazolash bir maqsadga yo’naltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni 
bola harakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yillar bilan amalga oshiriladi: 
raqbatlantirish harakat va xolatni ma’qullaydi, jazolash noto’g’ri harakat va faoliyatni qoralaydi, 
unga yomon basho beradi. Jazolash va raqbatlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi 
muharrar bog’liqlikni eslatadi (raqbatlantirish - qoniqish, jazo - norozilik ). Ijtimoiy pedagogning 
amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qillanilishi mumkin. Modomiki bolalarda 
adashish va xato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogoxlantirish, qiziqishlarini o’zgartirish va 
jazolash metodlarni qo’llash mumkin. qayta ishontirish bola ongidan noto’g’ri tasavvurlar, xato 
shayotiy planlarni aqliy tasavvurlar va harashlar orqali surib chiharish. Bu ishontirish metodiniig 
bir turidir.
Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo’llaniladi va u bola 
noto’g’ri harakatni oldini oladi va noto’g’ri faoliyatga yil qiymaydi. Yuqorida ko’rib chiqilgan 
metodlar ijtimoiy pedagogikada alohida emas balki bir- biri bilan bog’liq holda qo’llaniladi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin