Sotsiometrik metod. Metodlar –o’rganilayotgan obektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni
amaliy va nazariy o’zlashtirish usullaridir. Ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi
bo’lib, uning metodlarini pedagogikada qo’llanadigan tarbiyalash va o’qitishning ananaviy
metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy
pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o’zviy bormoqda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning
diqqat markazimizda bola va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga
muammolarni uni ijtimoiylashish jarayonini hal qilishga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosiga yoki bilvosita -oila, do’stlari, bolalar jamoasi
orqali ta’sir o’tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzoq
vaqt davomida ishlashi mumkin.ekanligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagog metodlar orqali
bolaning ongi, xulqi xis-tuyg’ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazilish hamda uni o’rab
turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o’tkazilishi mumkin.
Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy
tajriba to’plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro bog’liq xatti-
harakatlari usullaridir.
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va
ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o’z kasbiy faoliyatni
bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashin kerak.
Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir-birlari bilan bog’liqki, metodlar va usullar holatida
vositalar ro’lini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi
metodlari keng qo’llaniladi, Bu metodni qillashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy
pedagog qaysidir sabablarga ko’ra odob - axloqning umum qabul qilingan me’yorlari
shakllanmagan yoki noto’g’ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar. Shu jamiyatga qabul
qilishgan hayot meyorlari, ular to’g’risidagi to’g’ri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, oxir -
oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o’rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi
tasavvur bilan bog’liq.