Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Reabilitatsiyaning quyidagi turlari



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Reabilitatsiyaning quyidagi turlari
belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-
iqtisodiy, kasbiy, maishiy. 
1.
Tibbiy reabilitatsiya
bola organizmida o’z funktsiyasini yo’qotgan u yoki bu 
joyning to’la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni 
sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo’naltirilgan. 
2.
Psixologik reabilitatsiya
o’smir ruhiyatig, ongiga deviant xulq-atvorning 
kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan. 
3.
Kasbiy reabilitatsiya
o’smirni o’qitish yoki unga to’g’ri keladigan mehnat turiga 
qayta o’qitib tayyorlash, yengallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo’lgan 
ish joyi bilan ta’minlash. 
4.
Maishiy reabilitatsiya
o’smirning hayoti uchun mehyordagidek sharoitning 
yaratilishini ko’zda tutadi. 
5.
Ijtimoiy reabilitatsiya
– bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta 
tiklash jarayonidir. Shuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi, 
ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo’l qo’ymaslikdir. 
6.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya
– bu o’smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini 
himoya qilishga mo’ljallangan mablag’larni tahminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. 
7.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya
– bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli
bo’lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-
tadbirlar tizimi bo’lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o’z-
o’ziga xizmat qilishda zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori 
bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur tahlimni olish kabilarni o’z tarkibiga oladi. 
O’smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb 
ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
o
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o’smirlarda profilaktik 
oldini olish choralarini ko’rish. 
o
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy, 
psixologik zo’ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og’ir hayotiy vaziyatlarga tushgan 
bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish 
o
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko’nikmalarini 
shakllantirish 
o
Ota-ona qaramog’i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o’z qaramog’iga 
olish funktsiyasining bajarilishi 
o
favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo’llab-qo’vvatlash 
o
oilaga qaytishga hamkorlik qilish 
o
tahlim olish, mehyordagidek o’sishga imkoniyat bilan tahminlash. 
o
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g’amxo’rlik qilish. 
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy 
himoya qilish va qo’llab-qo’vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to’g’ri yo’lga 
qo’yishda yordam berish.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin