- bolalarda Vatanga muhabbat, oilasiga, o’z
xalqining milliy, tarixiy,
madaniy qadriyatlariga hurmat atrof-muhitga oqilona munosabatda bo’lim
tuyg’ularini shakllantirish;
- bola shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,
ijtimoiy tajriba orttirishiga ko’maklashish;
- bolaning ijtimoiy moslashuvini va uning boshlang’ich ta’limga
tayyorgarligini ta’minlash;
-
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
zamonaviy
o’quv
dasturlari
hamda
texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. DMTTning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12.
DMTT quyidagi huquqlarga ega:
- vazirlik nomidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat ta’lim dasturi asosida
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
davlat
talablariga muvofiq, o’z o’quv dasturini ishlab chiqish;
- bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosida to’lov evaziga
maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo’shimcha ta’lim
ko’rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni
parvarishlash va ularga qarab turish;
- bolaning qonuniy vakillari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha innovasion faoliyatda
ishtirok etish;
- DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlariga ham ega bo’limi
mumkin.
13.
DMTTning majburiyatlari:
- o’quv ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
- maktabgacha ta’limning o’ziga xos sifatini ta’minlash;
- bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo’yicha uning qonuniy
vakillariga maslahatlar berish;
-
bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash va ta’lim olishi uchun xavfsiz shart-
sharoitlarni yaratish;
- maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlanishini nazorat qilishda,
vakolatli
davlat organlariga ko’maklashish;
- DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham
bo’lishi mumkin.
14.
DMTT quyidagilar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi:
- bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishini olidini olish;
- bolalarning DMTTda bo’lgan vaqtida, ularning hayotini himoya qilish va
sog’ligini mustahkamlashni tashkil etish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda, qo’llaniladigan
shakllar, usullar
va vositalar bolalarning yoshi, ruhi
va fiziologik hususiyatlari, qiziqishlari,
qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligin oldini olish;
- bolalarni shaxs sifatida shakllanishiga yo’naltirilgan yondashuvni
qo’llagan holda boshlang’ich ta’limga tayyorlash;
- ta’lim dasturlarining o’ziga xos sifatda va
belgilangan hajmda amalga
oshirilishini ta’minlash;
- mazkur Ustav bilan belgilangan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
15.
DMTTning o’quv jarayoni siyosiy yoki ta’lim olayotgan bolalarni
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni
sodir etishga undash maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: