Microsoft Word \337\355\343\350 \323\361\362\340\342 mtt doc


-bob. Bola qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 110,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü110,08 Kb.
#180349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Янги Устав MTT8

 
14-bob. Bola qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari 
70.
Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega: 
- bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish; 
- o’zining bolasi uchun maktabgacha ta’lim shaklini va ta’lim berish tilini 
tanlash; 
- DMTT ma’muriyatidan maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha 
ta’lim berish va tarbiyalash sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur 
shart-sharoitlar yaratilishini talab kilish; 


- bolani rivojlantirish, tarbiyalash va ta’lim berish masalalari yuzasidan 
vakolatli organlarga murojaat qilish; 
- bolaning shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab qilish; 
- DMTTda bolalar ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etishda faol 
ishtirok etish; 
- DMTTning o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish; 
- DMTT Kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish. 
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga va DMTT bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin. 
71. 
Bola qonuniy vakillarining majburiyatlari: 
- Bolaning jismoniy salomatligi, ruhiy holati haqida doim qayg’urishi, 
uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun 
tegishli shart-sharoitlar yaratishi; 
- DMTTdagi ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari or-nomusi 
va qadr-qimmatini hurmat qilishi; 
- bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o’z xalkining milliy, tarixiy, 
madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, atrof-muhitga 
ehtiyotkor munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashi; 
- oilada bola har tomonlama rivojlanishi, tarbiya va ta’lim olishi uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratishi shart. 
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlarga ega bo’lishi mumkin. 

Yüklə 110,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin