36.
DMTTdagi ta’lim-tarbiya jarayoni yillik,
kalendar-mavzuli rejalar va
mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
37.
DMTTda ta’lim va tarbiyaning shakli, vositalari va metodikalari
O’zbekiston
Respublikasining qonunlari, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
38.
DMTTda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o’yin
hisoblanadi.
39.
Har bir yoshdagi guruhlar mashg’ulotlari va uyinlarining har kungi
soni, davom etadigan davri va izchilligi DMTTdagi
tegishli pedagog hodimning
o’quv rejasi bilan belgilanadi.
40.
DMTTda qo’shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirininng “Davlat maktabgacha ta’lim
muassasalarida qo’shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatish faoliyatini
tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga
muvofiq amalga oshiriladi. (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2019 yil 18 yanvarda ro’yxatdan o’tkazilgan, ro’yxat raqami 3123).
8-bob. DMTTda tarbiyalanuvchilar sog’ligini asrash
41.
DMTTda tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog’ligini muxofaza qilish
tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan
kelishilgan holda vazirlik tomonidan belgilanadi.
42.
DMTT tarbiyalanuvchilariga
dastlabki tibbiy yordam, DMTT shtatiga
kiradigan tibbiyot hodimi, tomonidan ta’minlanadi hamda u DMTTning rahbari
va boshqa hodimlari bilan
birgalikda bolalarning hayoti, sog’ligi va jismoniy
kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi sanitariya-gigiyena
normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javobgardir.
Dostları ilə paylaş: