Microsoft Word 7-ñèíô ÿíãè


Darsda foydalaniladigan metodlar



Yüklə 400,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix16.03.2023
ölçüsü400,78 Kb.
#88334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
www.idum .uz informatika yillik dars ishlanma 7 sinf kompetensiya

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o‘tilayotgan 
mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim. 
Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar. 
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin: 
tashkiliy qism; 
– o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash); 
– yangi mavzuni tushuntirish; 
– yangi mavzuni mustahkamlash; 
– o‘quvchilarni baholash; 
– uyga vazifa berish. 
Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq. 
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, 
hajmda va necha varaqdan iborat bo‘lishi o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuvidan kelib 
chiqqani ma’qul. Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o‘rnatib bo‘lmaydi. 
Agarda o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi yuqori 
bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa, o‘qituvchining 
dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari 
xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. 
Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi, albatta, o‘zi kompyuterda 
ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, 
tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat 
qiladi: 
– dars ishlanmasi (konspekti); 
– taqvim-mavzu reja; 
– o‘quv dasturi; 
– darslik. 
O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish – samaradorlikka xizmat qiladi. 
O‘qituvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga 
yordam beradigan omillardan biri – muntazam ravishda o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir. 
O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining 
o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda 
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi. Dars tahlili kuzatish va o‘rganish shaklida olib 
boriladi. 
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudirlari
o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning 
o‘rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o‘qituvchilar tomonidan 1 
soat o‘qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan. 
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga 
bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o‘qituvchiga bo‘lgan 
munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o‘qituvchi tomonidan dars 
maqsadining to‘g‘ri qo‘yilganligi, o‘quv dasturi asosida dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, materiallarini 
bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g‘oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko‘rgazmalilik 
tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat 
etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik 
darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. 

Yüklə 400,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin