20-bob. Ota-onaning do’stlariga yaxshilik qilish haqida 40. Abdulloh ibn Dinor (r.a.) aytdilar: "Qaysi bir safarda bir a'robiy Abdulloh ibn Umar
(r.a.) yonlariga kelib: "Sen falonchining o’g’li emasmisan?" - deb so’radi. Shu
a'robiyning otasi Hz. Umar ibn Xattob (r.a.) bilan do’st bo’lgan edi. Abdulloh (r.a.)
a'robiyga: "Ha, otang do’sti Umarning o’g’liman", dedilarda, o’zlarining tevalari ketida
olib yurgan eshakni va boshlaridan sallani yechib a'robiyga berdilar. Shunda yonidagi
kishilardan bittasi: "Bu kishi bir a'robiy, unga ikki dirham bersangiz ham kifoya qilardi,
siz eshakni ham, sallani ham berib yubordingiz", degan edi, Abdulloh (r.a.): Rasululloh
(s.a.v.): "Otang do’st tutgan kishilarning do’stligini sa?la, ular bilan aloqani uzma! Agar
aloqani uzsang, Alloh taolo sening nuringni o’chirib qo’yadi, degan edilar, deb javob
berdilar".
Ya'ni bu dunyoda topgan savoblaringni yuvib yuborasan, degan ma'noda bo’lsa kerak. 41. Yana Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Otaga
qilinadigan yaxshiliklarning eng afzali u sevgan kishilar bilan aloqani mustahkamlab,
ularga xayrixohlik qilishdir", dedilar".
21-bob. Silai rahm natijasi 42. Sa'd ibn Uboda (r.a.) hikoya qiladilar: "Men Hz. Usmon (r.a.)ning o’g’illari Amr ibn
Usmon ibn Affon bilan Madina masjidida o’tirgan edim. Shu vaqt Abdulloh ibn Salom
(r.a.) o’z ukasining o’g’liga suyanib orqasiga qayrildida, Amrga qarab: "Ey, Amr, mayli,
sen istaganingni qilaver, Muhammad (a.s.)ni chin payg’ambar qilib yuborgan Alloh taolo
nomi bilan qasamyod etaman-ki, Allohning kitobida (bu so’zni ikki martaba qaytardi):
"Otangga yaqin bo’lgan kishidan aloqani uzma, agar uzsang, nuring o’chadi", deyilgan,
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
deb aytdi.Amr ibn Usmon Abdulloh ibn Salomga yaxshi iltifot qilmaganlari uchun bo’lsa
kerakki, unga kinoya bilan "Istaganingai qilaver", dedilar.