Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
50
140-bob. Yaxshi kishiga halol mol
302. Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: Rasululloh (sa.v.) kiyim-boshlari
va qurollarini olib,
tayyorlanib kelsin, deb menga kishi yubordilar. Men buyurganlaridek tayyorlanib,
huzurlariga bordim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilayotgan ekanlar. Menga tikilib
qaradilar-da, keyin: "Ey Amr! Seni askarlarga boshliq qilib yubormoqchiman. Alloh taolo
qo'lingga g'animatlar tushirsin. Yana men senga foydalik mollardan ham bo'lishiga
talabgorman", dedilar. "Yo Rasulalloh! Men molga qiziqib musulmon bo'lgan emasman.
Men siz bilan birga bo'lishga rag'bat qilib musulmon bo'lgan edim", dedim.
Rasululloh
(s.a.v.): "Ey Amr! Solih, qobil kishida halol molning bo'lishi qanday yaxshi narsa!" -
dedilar.
141-bob. Mol va jon amniyati haqida
303. Ubaydulloh ibn Mihsan Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki o'z oilasi
ichida tinch, tani sog' bo'lib tursa va oldida shu kuniga yetarlik taomi bo'lsa, u odamga
go'yo bugun dunyo berilgan hisoblanadi", dedilar".
142-bob. Ko'ngal shodligi haqida
304. Muoz ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sahobiylar oldiga
chiqdilar. Ko'rinishlarida g'usl qilganlik alomati bor edi. Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)
ayollari bilan yaqinlik qilgan bo'lsalar kerak, deb o'yladilarda: "Yo Rasulalloh, biz sizning
ko'nglingizni shod ko'rayapmiz", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, alhamdulilloh,
ko'nglim shod", dedilar. Shundan keyin sahobiylar boylik to'g'risida gapirishdi.
Rasululloh (s.a.v.): "Boylik yomonliklardan saqlanadigan kipshlar uchun zararsizdir.
Mana shunday kishilar uchun tan sog'lik boylikdan ham yaxshiroqdir va ko'ngil
shodligi
(Allohga tashakkur etish lozim bo'lgan) ne'matlardan biridir", dedilar".
305. Navos ibn Sam'on (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan biri Rasululloh (s.a.v.)dan ezgulik
va gunohning mohiyatini so'radi, Rasululloh. (s.a.v.) javob berib dedilar: "Ezgulik go'zal
axlokdir, gunoh esa, vijdonni chulg'ab olib, uni odamlardan pinhon qiluvchi narsadir".
306. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.) xilqatda ham,
axloqda ham
odamlarning eng yaxshisi, eng javonmardi va eng shijoatlisi edilar. Ke-chalarning birida
Madinada qo'rqinchlik bir tovush eshitildi. Kishilar o'sha tovush eshitilgan tomonga yo'l
oldilar. Rasululloh (s.a.v.) hammadan ilgari yelkala-riga qilich osib, Abu Talha (r.a.)ning
egarlanmagan yalang'och
otiga minib, o'sha ovoz chiqqan yerdan qaytib
kelayotganlarida yo'lda borayotgan kishilarga duch keldilarda: "Qo'rqmanglar,
qo'rqmanglar", deb ularga tasalli berdilar va Abu Talhaning otini maqgab: "Bu otni men
dengizdek misoli ko'rdim", dedilar".
307. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga qilinadigan har bir
yaxshilik
sadaqa hisoblanadi, hatgo bir birodaringga ochiq yuz bilan ro'baro' kelishing va
chelagingdan uning idishiga (suv) solib berishing ham sadaqa bo'ladi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: