Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
93
580. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasul akram (s.a.v.)
Abdulloh ibn Mas'ud bilan Zubayr ibn Avom (r.a.)ni aka-uka tutintirdilar".
581. Yana Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)
mening Madinai
munavvaradagi hovlimda Quraysh (makkaliklar) bilan ansor (madinaliklar) o'rtalarida
ittifoq tuzdirdilar".
258-bob. Islom dinida ittifoq tuzish hakida
582. Amr ibn Shuayb bobolaridan rivoyat qildilar: "Makkai mukarrama fath qilingan yili
Rasululloh va'z qilmoq uchun Xonai Ka'baning zinapoyalarida o'tirib,
Alloh taologa
hamdu sanolar aytdilarda, keyin: "Johiliyat zamonida kimning shartnomasi bo'lgan
bo'lsa, Islom uni o'zgartirmay, balki mustahkamlaydi. Makkai mukarrama fath qilindi,
endi Makkadan boshqa yerga hijrat qilishning hojati yo'q", dedilar".
Ya'ni bu shartioma Islom qonuniga (silai rahm qilish, mazlum-larga yordam berish
kabilarga) muvofiq kelsa, Islom dini uni o'z holicha qoldiradi, o'zgartirmaydi. Ammo
unga muvofiq bo'lmasa, uni bekor qiladi.Makka fath qilinganidan avval unda mushriklar
ko'p bo'lib, Islom diniga kirgan kishilar uchun uch xil hukm bor edi: 1. Makka-dan chiqib
ketishga qodir kishi u yerda turaversa-yu, dishpsh oshkora qilishga va Alloh taoloning
farmonlarini bemalol ijro qilishga imkoniyati bo'lmasa, Makkadan chiqib ketmog'i vojib
edi.
2. O'zi hijrat qilishga qodir va shu bilan birga din amallarini bemalol ijro qilishga ham
imkoniyati bor. Bunday odamlarga hijrat qilmoq mustahab; ya'ni hijrat qilsa, savobi bor,
agar qilmagan taqtsirda ham gunoh bo'lmaydi. 3. Bir kishi asirlik yoki betoblik kabi
uzrlari sababli hijrat qilishga imkoniyati bo'lmasa, imkoniyat toshuncha tu-raveradi. Endi
Makka musulmonlar qo'liga kirib, shirkdan toza-landi, demak, bu yerdan hijrat qilishga
hojat qolmaydi, musulmon-lar bu yerda ham endi Islom arkonlarini bajaraveradilar.
Dostları ilə paylaş: