Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
jahannam azobidan saqla", demaysanmi?" - dedilar. U kishi Rasululloh (s.a.v.)
o'rgatganlaridek duo qilib yotdi, Alloh unga pshfo berdi".
303-bob. Qattiq sinovdan panoh so'rash haqida
750. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Bir kishi: "Allohim, Sendan qatgiq sinovdan panoh
tilayman", dedi-yu to'xtab qoddi. Agar yana shu duoni aytsa, faqat ichida ulug'lik bo'lgan
balo (sinov)dan emas, deb aytsin.
751. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) shiddatli sinovdan,
ketma-ket keluv-chi baxtsizliqdan, yomon taqdirdan va dushmanlarning hasadqdan
panoh tilardilar".
304-bob. Tanbih ma'nosida so'zni takrorlash
752. Abu Navfal ibn Abu Aqrabning otasi Rasululloh (s.a.v.)dan ro'za tutish haqida (izn)
so'radi. Ul zot "Har oyning bir kunida ro'za tut", dedilar. "Ota-onam sizga fido bo'lsin,
yana ziyoda qiling", dedim. "Ziyoda qiling, ziyoda qiling, har oyda ikki kun ro'za tut",
dedilar ul zot. Men yana: "Ota-onam sizga fido bo'lsin, yana ko'paytirib bering, men
o'zimni kuchli his qilayapman", dedim. Ul zot: "O'zimni kuchli his qilayapman, o'zimni
kuchli his qilayapman", deya gapimni takrorlaganlaridan endi boshqa orttirishga izn
bermasalar kerak, deb o'iladim. So'ng ul zot: "Har oyda 3 kun ro'za tut", dedilar.
Yana kupaytirib bering - ko'proq muddat ro'za tutishimga izn bering, deyilmoqda.Bu
hadisdan shu narsa ayon bo'ladiki, Rasululloh (s.a.v.) ummatlariga faqat yengillikni
xohlaganlar, shuning uchun ham nafila ibodatlarni me'yorida qilishga ruxsat berganlar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: