Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
135
1. Ummatlariga bo'lgan buyuk marhamatlari sababli ularga qiyinchilik bo'lishini o'ylab
(F.s).
2. Bu hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: arablarda Raboh ismi uchramaydi.
"Raboh" ismi ibroniycha bo'lib, arablar go'daklarga bu ismni qo'ymaydilar, ammo bu
ismni qo'yish man' etilmagan. Modomiki, Payg'ambarimiz xodimlaridan birining ismi
Raboh ekan, bu ism joriydir
3.Ya'ni men faqatgina Qosim ismli farzandim bo'lganligi uchungana emas, balki Alloh
tomonidan dunyoviy va uxroviy ishlarda taqsimotchi qilib yuborilganim uchun azaliy
qismat taqozosi bilan Abulqosimman
860. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bozorda yurgan edilar, bir kishi:
"Ey, Abulqosim", dedi. Ul zot unga qaradilar. U kishi: "Ey, rasulalloh,
men sizni
chaqirmagandim", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni qo'yinglar, kunyam bilan
kunyalanmanglar", dedilar".
861. Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf
nomini
berdi-lar, quchoklariga olib, boshimni siladilar".
862. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Ansorlarimizdan birining xonadonida o'g'il
tug'ilib, ismini Muhammad qo'ymoqchi bo'ldi". Shu'ba Mansurning hadisida shunday deb
rivoyat qildi: "Ansorlardan biri o'g'lini ko'tarib Rasulullohning huzurlariga keldi", dedi.
Sulaymon
aytgan hadisda esa, bunday: "Uning bir o'g'li bo'lib, ismini Muhammad, deb
atashni istagan edi". Ra-sululloh (s.a.v.): "Ismimni ism qilib qo'yinglar, ammo kunyamni
olmanglar, chunki, men adolatli taqsim qiluvchi bo'lib keldim va shuvday qilyapman",
deb marhamat qildilar. Roviy Husayn ham shunday deb naql etgan.
863. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "O'g'lim tug'ilgach, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga
keltirdim. Rasululloh (s.a.v.) uning ismini Ibrohim qo'yib,
xurmo chaynab, u bilan
chaqaloqning tanglayini ko'tardilar. So'ng o'g'limga barakotli umr tilab duo qildilar". Bu
Abu Musoning to'ng'ich o'g'li edi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: