Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
138
yaxshilikka undov, taqvodorlarning vasflari keltirilgan bo'lsa, bunday she'rlar maqbul
hisoblanadi. Bordiyu she'rda kimnidir qajv va masxara etilgan yoxud u ayollar madhiga
bag'ishlangan bo'lsa, bu turdagi she'rlar harom hisoblaiadi
881. Mutarrif aytdilar: "Men Imron ibn Husaynga Kufadan Basragacha bo'lgan yo'dda
hamroh bo'ldim. Yo'l asnosi qaysi joyda to'xtab dam olganimizda u kishi menga she'r
o'qib: "Kinoyali so'zlarda yolg'ondan qochishlik bor", derdi".
882. Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "She'rlarning hikmatlisi ham
bor", dedilar".
883. Asvad ibn Sari' aytdilar: "Yo Rasulalloh, men Parvardigorimni go'zal
sifatlar bilan
maqgab madhiya bitdim", dedim. Ul zot: "Parvardigor hamdni yaxshi ko'radi", dedilar va
boshqa hech narsa qo'shimcha qilmadilar".
884. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishining qorni jarohat bilan
yiringga to'lishi she'r bilan to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar".
885-hadis 883-hadisning takrori, faqat unda Asvad ibn Sari' Rasu-lullohdan "Rabbimga
bag'ishlangan madhiyamni o'qib bersam maylimi?" - deb so'raydi.
Oyisha (r.a)ga: Abu Hurayra (r.a.) "Sizlardan biringizning qorni she'rga to'lishi..." deya
yuqoridagi hadisni aytgani bildirildi. Shunda Oyisha (r.a): "Abu Hurayraga Xudo rahm
qilsin, hadisning boshini yodlabdi-yu, oxirini yod olmabdi. Mushriklar Rasululloh (s.a.v)ni
hajv qilib, she'r to'qir edilar. Shuvdan keyin ul zot: "Sizlardan biringizning ichi mana
shunday hajviy she'rlar bilan to'lganidan ko'ra, yiringa to'lgani yaxshiroqdir", .
degandilar", deb javob berdilar. Tag'oviy aytadilar: "Hadisdagi she'rdan Rasululloh
(s.a.v)ni hajv qilingani ko'zlangan bo'lganida edi, "to'lmoq" lafzi kelmasdi. Chunki unday
hajviyalarning ozi ham, ko'pi ham kufrdir ".
886. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Hasson ibn Sobit rasululloh (s.a.v.)dan mushriklarni
hajv qilishga ruxsat so'radi. "Mening nasabim(ni mushriklarning haj-viyalaridan)
qanday
(holi qilasan)?" - dedilar Rasululloh (s.a.v.) "Xamirdan qil sug'urgandek ulardan sizni
tortib olaman", dedi".
Ya'ni mushriklarning ahmoqona bo'htonlaridan nomingizni himoya qilaman, demoqchi
(t.).
887. Hishom otasidan shunday naql qilgan: "Oyisha onamiz
huzurlarida Hasson ibn
Sobitni so'kishgan edi, "Uni so'kmangiz, chunki u Rasululloh (s.a.v.)ni mudofaa qilardi",
dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: