Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
150
Bandalarning Unga hech nar-sani sherik qilmay ibodat qilishlaridir". So'ng biror soat yo'l
yurilgach, "Ey, Muoz", deb chaqirdilar. Men "Labbayka va sa'adayk", dedim. Ul zot:
"Agar bandalar buni bajargan taqdirda Alloh ustidagi haqlari nimaliginy bilasanmi? Alloh
ularni azoblamasligidir".
429-bob. Birodari uchun o'rnidan turgan kishi haqida
971. Abdulloh ibn Ka'b (u kishi otalari Ka'b ibn Molik (r.a.) ko'r bo'lib qolganda yetaklab
yurgan edilar) aytdilar: "Men (otam) Ka'b bin Molikdan Tabuk g'azotiga Rasululloh
(s.a.v.) bilan birga qatnasha olmaganliklarini, so'ng ul zot (s.a.v.) Ka'bning kechirilishini
Allohdan so'raganliklarini eshitdim: "Rasululloh (s, a.v.) Alloh bizni kechirganligi haqida
bomdod namozi vaqtida xabar berdilar. Shundan keyin odamlar to'p-to'p bo'lib kelib,
meni tavba(m qabul bo'lgani) bilan qutlashar: "Allohning tavbasi senga muborak
bo'lsin!" deyishardi. Bu to masjidga kirgunimcha davom etdi. U yerda odamlar orasida
Rasululloh (s.a.v.) bor edilar. Shu payt Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) o'rnidan turdi va tez
yurib kelib meni tabrikladi. Xudo haqi, muhojirlardan undan boshqa hech kim mening
istiqbolimga turmadi. Men Talhaning bu ishini aslo unutmayman".
972. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Qurayza qabilasining odamlari Sa'd ibn
Muozning hakam lik qilishiga rozi bo'ldilar. Unga odam jo'natildi, eshakka minib keldi. U
masjidga yaqinlashtanda Rasululloh (s.a.v.): "Turing, eng yaxshingiz yoki sayyidingizni
kutib oling", dedilar. So'ng: "Ey, Sa'd, bular sening hakamligangga rozi bo'lishdi",
dedilar. Shunda Sa'd: "Men bularning qurol tutib, urushganlari uchun ularni qatl etishga
va bolalarini asir qilishga hukm qilaman", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Sen Allohning hukmi
bilan hukm qilding" yoki "Sen malaklar olami-dagi hukm bilan hukm qilding", dedilar".
973. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Hech kim sahobiylar uchun Rasululloh (s.a.v.)chalik
sevimli bo'lmagani holda, ul zot (s.a.v.)ni ko'rganlarida o'zlari yoqgirmas-liklarini
aytganlari uchun o'rinlaridan turishmas edi".
974. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men gapirishda, suhbatlashishda va Fotima bilan
muloqotda Rasululloh (s.a.-v.)ga o'xshash hech kimni ko'rmaganman. Payg'ambar
(s.a.v.) Fotima kelganini ko'rsalar unga peshvoz chiqib, salomlashib, uni o'pardilar,
keyin qo'lidan ushlab joylariga o'tqazardilar. Fotima ham agar Rasululloh (s.a.v.) unikiga
borsalar salom berib, ul zotga peshvoz chiqardi va o'pib qo'yardi. Payg'ambar (s.a.v.)
vafotlaridan oldin xastalanganlarida oddilariga Fotima kirdi, salom be-rib, ul zotni o'pib
qo'ydi. Ul zot uning qulog'iga nimadir deb aytdilar, u yig'ladi, yana nimadir degandilar,
bu safar kuldi. Men ayollarga: "Hech qachon bugungidek xursandchilikni mahzunlikka
yaqin holda ko'rmaganman. Fotima barcha ayollardan ko'ra ham fazilatliroqdir", dedim.
Fotimaning avval yig'lab, keyin kulgani sababini bi-lish uchun: "Ul zot sizga nima
dedilar?" - deb so'raganjmda: "(Agar aytsam) sirni ochuvchilardan bo'lib qola-man-ku?"
- dedi. Payg'ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin Fotima dedi: "Rasululloh (s.a.v.) o'limlari
oldidan qulog'imga pichirlab, (tez orada) vafot etashlarini ay-tganlarida yig'ladim. So'ng
yana qulog'imga shivirlab oila a'zolarimizdan birinchi bo'lib menga sen yetishasan,
deganlarida xursatsts bo'lib kuldim".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: