Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
180
547-bob. Birov joyini bo'shatib bersa, u yerga o'tirmasligi haqida
1186. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Raeululloh (s.a.v.) bir kishini o'rnidan turg'azib, uning
joyiga o'tirish-dan qaytarganlar". Ibn Umar (r.a.)ga biron kishi joy-ini bo'shatib bersa, u
yerga o'tirmas edilar".
548-bobdagi 1187-hadis 537-bobdagi 1172-hadisning takrori.
549-bob. Birov chaqirganda qanday tarzda qarash haqida
1188. Abu Hurayra (r.a.) Raeululloh (s.a.v.)ni shunday tavsif qildilar: "Ul zot o'rta
bo'ydan novcharoq, badanlari (qizg'ish) oq,
soch-soqollari qora, (oldi) tishlari chiroyli va
zich,
kipriklari uzun, yelkalari keng va orasi uzoq, yuzlarida butun chiziqlari ko'ri-nar,
oyoqlarini to'la bosar edilar (ya'ni yassi oyoq emasdilar).
Agar yuzlansalar, butun
vujudlari
bilan yuzlanar, ortlariga qarasalar, butun gavdalari bilan burilardilar.
Men u
kishiday insonni oldin ham, keyin ham ko'rmadim".
550-bob. Yumush bilan yuborilgan odam unga maqsadini aytsin
1189. Zayd ibn Aslamning bobosi aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) menga: "Seni bir kshpi
oddiga yuborsam, unga g' sha uchun yuborganimni aytab ma'lum qiyamasang, shu
asnsu shayton unga yolg'on xabarni hozirlaydi", dedilar".
551-bob. "Qayerdan keldingiz", desa bo'ladimi
1190. Lays aytdilar: "Mujohid kishi oldidan ke-tayotgan birodariga ko'zini qadashi va
yoki uni ko'zi bilan ta'qib qilishini yoqtirmas edilar. Yoki "Qaerdan keddingiz?" "Qaerga
ketayapsiz?" - deb so'rashlarini ham yomon ko'rardilar".
1191. Molik ibn Zubayd aytdilar: "Rabazada Abu Zarr (r.a.)ning oldilariga bordik. Abu
Zarr (r.a.): "Qaerdan keddingiz?" - deb so'radilar. "Makkadan yoki Baytul atiq (ko'hna
uy)dan", deb javob berdik. Abu Zarr (r.a.): "Ishingiz shumi?" - deb so'radi. Biz: "Ha",
dedik. Abu Zarr (r.a.): "Bu
ish bilan birga tijorat, oldi-sotti ham bormi?" - dedi. "Yo'q",
dedik. Shunda Abu Zarr (r.a.): "Unda yangidan ish boshlang", dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: