Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
keddingizmi?"- deb so'radilar. Ular: "Ha, olib keddik", deganlarida, Huzayfa (r.a.)'
"Kafanlikni haddan ortiqcha yoki narxi qimmat narsadan qilmanglar. Agar Alloh taolo
huzurida yaxshilik menga nasib bo'lgan bo'lsa, bu kafandan yaxshirog'i beriladi. Yoki ish
aksincha bo'lib qolsa, bu kafanni darhol mendan tortib olinadi, ya'ni bu kafan chirib,
tuproqqa aylanadi", dedilar".
505. Hz. Oyisha (r.a.)danrivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Qaysi bir mo'min
banda betob bo'lsa, Alloh taolo uni gunohlaridan temirchining bosqoni temirning
ifloslarini tozalaganidek tozalaydi", dedilar".
506. Yana hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Bir musulmon
kishiga og'riq yoki betoblik oriz bo'lsa, hatto biror yeriga tikon sanchilsa yoki hayotdagi
hodisalardan biror hodisaga uchrasa, Alloh taolo shularni u kishining gunohlariga
kafforat qiladi", dedilar".
507. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)ning qizlari Oyishadan rivoyat qilindi. Oyishaning otasi
aytdilar: "Men Makkai Mukarramada qattiq betob bo'ldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
mening holimni so'ragani keldilar. Men: "Yo Rasulalloh, men o'zimdan keyin bir qancha
mol Qoldirib ketaman. Ammo orqamda bshtagina qiz qoladi. Shuning uchun molimning
uchdan ikki hissasini vasiyat Qilib, bir hissasini qizimga qoldirsam?" - dedim. Rasululloh
(s.a.v.): "Yo'q, mumkin emas", dedilar. "Bo'lmasa yarmini vasiyat qilaman". Rasululloh
(s.a.v.): "Yo'q, bu Ham joiz emas", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, uchdan birini
vasiyat qilsangiz bo'ladi. Lekin uchdan biri ham ko'p", dedilar. Shundan keyin Rasululloh
(s.a.v.) muborak qo'llarini mening peshonamga qo'yib, yuzimni va qornimni siladilar-da:
"Ey, Alloh! Sa'dga shifo ber, u kishining hijratlarini tamomiga yetkazgin", deb duo
qildilar. "Mana shu vaqtgacha Rasululloh (s.a.v.)ning qo'llarining jigarimga tekkan
sovug'ini sezib turgandek bo'laman", dedilar Sa'd.
Sa'd ibn Abi Vaqqos Makkadan Madinaga hijrat qilgan sahobiylardan biridir. Makka
fathida kasallanib, shu kasallik bilan o'lib ketaman, shekilli, deb hijratining chala
qolishidan xavfsirab Rasululloh (s.a.v.)dan duo so'ragan edi. Bu hadisi sharif Rasululloh
(s.a.v.)ning mu'jizalaridan birini namoyish etgan: Savd ibn Abi Vaqqos Rasululloh
(s.a.v.)ningduolari bilan tuzalish bilan birga Iroq va uning atroflarining fathida ham
ishtirok etdi, so'ngra Iroqqa voliy etib tayinlatsdi. Bu orada juda ko'p odamlarning
hidoyat yo'lini topishlarida vasila ham bo'ldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: