xarajatlarining
samaradorlik koeffitsiyentini, korxonaning texnik
darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga
oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Konstruksiya
sifatini
belgilovchi
mahsulotning
tashqi
ko‘rinishi, ishlatishning qulayligi,
uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi
kabi xususiyatlaming miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar
va boshqa texnikaviy hujjatlar ko‘rinishida ifodalanadi.
2.3-rasm.
Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funksivasi konstruksiyaning loyihalashtirilgan
sifatini
tayyor
mahsulotda mujassamlashuvini
bildiradi.
U
texnologik
jarayonlarni loyihalashtirish, qo‘llanadigan dastgohlar,
mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va
nazorat qilish uslublarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Ushbu
bosqichdagi asosiy maqsad-mahsulotning texnik shartlarga javob
berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu ko‘rsatkichlarni
yaxshilashdir.
Nazorat funksivasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina
emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi.
21
Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi
uni sotilishi bilan
tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funksivasi mahsulotni realizatsiya qilish
chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga
javob bermasa, unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o‘z
ichiga
oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash,
ishlab
chiqarish jarayoniga kerakli o‘zgartirishlami kiritish
maqsadida iste’molchining mahsulot sifati to‘g ‘risidagi fikr-
mulohazalarini o‘rganish funksiyalarini ham bajaradi.
Sotilgan
mahsulot to‘g ‘risidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr
uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib,
korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina
mahsulotni sotish vazifasi
bilan cheklanib qolmay, balki bozor
ma’lumotlarini to‘plab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida
qo‘llashlari kerak [9].
Yuqorida sanab o‘tilgan rejalashtirish - amalga oshirish -
nazorat -boshqaruvning ta’siri funksiyalarini
aniq boshqarish uchun
korxonaning
barcha
bo‘limlari
boshqaruv
va
nazoratning
texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni
qo‘llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda
ma’suliyat bilan o‘z vazifalarini bajarishlari lozim.
Shunday
qilib,
korxonada
sifatni
boshqarish
-
bu
“iste’molchilarning
ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori
darajadagi foydalilikka ega bo‘lgan tovarlarni loyihalashtirish,
tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”.
Dostları ilə paylaş: