to‘g‘rilash va to‘g ‘rilovchi harakatlarning o‘z vaqtida bajarilishini
ta’minlashi kerak. Keyingi harakatlar ko‘rilgan choralar bajarilishini
verifikatlash (tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) natijalari haqida
hisobotlarni tuzishini nazarda tutishi kerak.
Izoh: - ichki auditni o‘tkazayotganda qo‘llanma sifatida ISO
19011 dan foydalanish mumkin.
Ichki audit (tekshirish) - bu sifat sohasidagi (mahsulot, xizmat,
jarayonlar, butun SMT) faoliyat natijalarining o‘rnatilgan talablarga
muvofiqligini aniqlash uchun tashkilot kuchlari (yoki uning
nomidan) o‘tkaziladigan tizimli (ma’lum oraliq vaqt orqali) va
mustaqil tahlil [9].
Ichki audit bo‘yicha faoliyat SMT baholashga yo‘naltirilishi
kerak. Bu faoliyat audit o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarayonlar va
bo‘linmalar muhimligi va maqomini, shuningdek aw algi auditlar
natij alarini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Auditlar
rejalari aw algi auditlar natijalari va tashkilot faoliyati natij alarini
hisobga
olgan
holda
to‘g‘rilanishi
kerak.
Rejalashtirishda
jarayonlarning borishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni
qo‘shgan holda, jarayonlar va faoliyatning muhim nuqtalarini
xisobga olish kerak.
Ichki audit natijalari bo‘yicha audit maqsadlariga muvofiq
bo‘lgan varaqlar, nomuvofiqliklar bayonnomalari, audit bo‘yicha
hisobotlar rasmiylashtiriladi.
0 ‘tkazilgan auditlar natijalari bo‘yicha hisobotlar tekshirilgan
obyektlarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi (nomuvofiqligi)
to‘g‘risidagi xulosalarni va auditdan so‘ng keyingi amallar bo‘yicha
ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Keyingi amallar, odatda,
aniqlangan nomuvofiqliklarini bartaraf qilish uchun qabul qilingan
to‘g‘rilovchi amallarni, bajarilish muddatlari va bajarish uchun
javobgarlikni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: