Rejalashtirish natijalari ushbu tashkilot uchun qulay ko‘rinishda
rasmiylashtirishi kerak.
Izohlar:
1 Sifat menejmenti tizimining jarayonlari bayonnomasi va aniq
bir
mahsulot, loyiha yoki kontraktga qo‘llash uchun mo‘ljallangan
resurslarni o‘z ichiga olgan hujjat sifat rejasi deb ko‘rilishi mumkin.
2 Tashkilot mahsulotning ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab
chiqishda bandda keltirilgan talablarga amal qilishi mumkin.
Tashkilot mahsulot ishlab chiqarishning hayotiy sikllari
jarayonlarini (ya’ni mahsulotga
ehtiyojni aniqlashdan boshlab, uni
iste’molchiga yetkazib berish va sotilgandan so‘ng xizmat
ko‘rsatishgacha bo‘lgan tashkilotdagi bevosita mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni) rejalashtirishi va ishlab
chiqishi kerak.
Mahsulotning hayotiy sikllari jarayonlari
shuningdek biznes -
jarayonlar yoki asosiy jarayonlar deb ataladi. Asosiy jarayonlar
tashkilot uchun muhim hisoblanadi,
chunki ularni bajarishda
mahsulot qo‘shimcha qiymatining qo‘shilishi ro‘y beradi. Jarayonlar
kichik jarayonlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish tashkilot maqsadlari
bilan moslangan bo‘lishi va ularning boshqaruv jarayonlari,
resurslar
menejmenti jarayonlari, o‘lchashlar, tahlil va yaxshilash
jarayonlari bilan o‘zaro aloqasini hisobga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: