Izoh: yetkazib berilgandan so‘nggi harakatlarga masalan,
kafolat muddati davomida xizmat ko‘rsatish, texnikaviy xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari va qayta ishlash yoki
utillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar kiradi.
Tashkilot iste’molchilar talablari, ehtiyojlari va istaklarini
aniqlash tartibini belgilashi kerak. Iste’molchilar talablari mahsulot
ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda aniqlanishi va hujj at
bilan tasdiqlanishi kerak.
Ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan
har bir mahsulot turi bo‘yicha, ma’lum sotish bozorlari va alohida
toifa iste’molchilar bo‘yicha iste’molchilar talablarini tadqiq qilish
tashkilot marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
Aniq iste’molchilar bilan o‘zaro aloqa vaqtida tashkilot,
butlash, yetkazib berish usuli va sotilgandan keyin xizmat
ko‘rsatishga talablarni
qo‘shgan holda barcha talablaming
hujjatlashtirilishini ta’minlashi kerak.
Agar iste’molchi hujjatli rasmiylashtirilmagan talablarni
qo‘ymasa, tashkilot yetkazib berilayotgan mahsulotga taalluqli
barcha xususiyatlarni kontrakt (shartnoma) imzolangungacha
rasmiylashtirish va iste’molchi bilan kelishishga intilishi kerak.
Tashkilot
buyurtma
berilgan
mahsulotga
standartlarni
ishonchlilik, ta’mirlashga yaroqlilik, yaroqlilik muddatlari, saqlash
muddatlari, xizmat muddatlari, xavfsizlik va mahsulot tavsiflari
bo‘yicha boshqa talablarini qo‘shgan holda, qonun va majburiy
talablarni belgilashi kerak.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishgacha,
tashkilot
yetkazib
berish
uchun
mo‘ljallangan
mahsulotga
iste’molchilar va boshqa tegishli tomonlarning talablari, ehtiyojlari
va istaklarini hisobga olgan holda, barcha talablaming to‘liq
tushunilishini ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: