Loyihalash va ishlab chiqish uchun kirish ma’lumotlari Mahsulotga qo‘yiladigan talablarga tegishli bo‘lgan kirish
ma’lumotlari aniqlangan va hujjatli rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak
(4.2.4). Bunday kirish ma’lumotlari:
a) funksional va ishlatish talablarini;
b) mahsulotga tegishli me’yoriy hujjatlar va reglamentlarning
talablarini;
v) zarur bo‘lganda,
aw al shunga o‘xshash loyihalari
bajarilganda olingan axborotlarni;
g) ushbu loyiha va ishlanma uchun muhim bo‘lgan boshqa turli
xil talablarni o‘z ichiga olishi kerak.
Bu kirish ma’lumotlari aynan bir xillikka tahlil qilishi kerak.
Talablar to‘liq bo‘lishi, ikki ma’noli va qarama-qarshi bo‘lmasligi
kerak.
Turli mahsulotlami ishlab chiqishda loyiha kirish ma’lumotlari
tarkibi keng diapazonda o‘zgarishi va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning tavsiflari, uning yangiligi darajasi, ishlatish va xizmat
ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalarga bog‘liq
bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Iste’molchiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan mahsulotni
loyihalovchi tashkilotlar ishlab chiqilayotgan mahsulotga bo‘lgan
barcha talablarni ishlab chiqish boshlangungacha belgilashlari
kerak.
Loyiha kirish ma’lumotlarini shakllantirishda iste’molchilar
talablarini ishlab chiqilayotgan mahsulotga texnikaviy talablarga
«tarjima» qilish kerak.
Loyihalash boshlanishidan oldin loyiha kirish ma’lumotlari
tahlil qilinishi kerak.
Loyiha kirish ma’lumotlari ulaming bajarilishini tekshirish
imkoni bo‘ladigan qilib bayon qilinishi kerak, ya’ni ishlab
chiqilayotgan mahsulotga talablar o‘lchanadigan bo‘lishi va ishlab
chiqishning tegishli etaplarida va ishlab chiqish tugatilgandan so‘ng
ulaming bajarilishini baholash mumkin bo‘lishi kerak.
113