Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Loyihalash va ishlab chiqishning chiqish ma’lumotlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

Loyihalash va ishlab chiqishning chiqish ma’lumotlari
Loyihalash va ishlab chiqish natijalari ularni ishlab chiqarishga 
berilganga qadar tasdiqlangan bo‘lishi kerak hamda kirish 
ma’lumotlariga va loyihalash va ishlab chiqish talablariga muvofiq 
kelishini tekshirish mumkin bo‘lgan ko‘rinishda namoyish qilingan 
bo‘lishi kerak.
Loyihalash va ishlab chiqish natijalari:
Quyidagilarga amal qilishi kerak:
a) loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha kirish ma’lumotlariga 
javob berishi;
b) mahsulotni sotib olish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim qilishi;
v) mahsulotni qabul qilish mezonlarini va ularga qilingan 
havolalarni o‘z ichiga olishi;
g) mahsulotning xavfsizligi va to‘g ‘ri ishlatilishi uchun 
ahamiyatli bo‘lgan tavsiflarini aniqlashi kerak.
Izoh: Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha axborot 
mahsulotni saqlash bo‘yicha batafsil axborotni o‘z ichiga olishi 
mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqish jarayonida ishlab chiqilayotgan 
mahsulot bosqichma - bosqich yaratiladi. Loyihalash jarayoni 
oxirida mahsulot ishlab chiqish natijalarini o‘z ichiga olgan chiqish 
ma’lumotlari 
shakllanadi. 
Loyihalash 
chiqish 
ma’lumotlari 
loyihalashda erishilgan natij ani tasdiqlashi kerak.
Loyiha chiqish ma’lumotlarini taqdim qilish shakliga talablar 
loyihalashni rejalashtirish bosqichida belgilanadi. Tegishli loyiha 
chiqish 
ma’lumotlarini 
rasmiylashtirish 
alohida 
etaplarning, 
shuningdek mahsulot ishlab chiqish tugaganligining tasdig‘i bo‘lib 
hisoblanadi. Loyiha chiqish ma’lumotlarini taqdim qilish shakli 
ularning 
tahlilini, 
shuningdek 
verifikatlash 
(muvofiqlikka 
tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) ni o‘tkazish mumkin 
bo‘ladigan qilib tanlanishi kerak [9].
Loyihani va ishlanmani tahlil qilish
Muvofiq bosqichlarda:
a) 
loyihalash va ishlab chiqish natijalarining talablarga javob 
berish qobiliyatini baholash;
114


b) 
muammolarni aniqlash va aynan o‘xshash harakatlami 
tavsiya qilish uchun loyihalash va ishlab chiqishning rejalashtirilgan 
chora-tadbirlarga muvofiqligini muntazam tahlili o‘tkazilishi kerak.
Bunday tahlilni bajarish ishtirokchilari tartibiga loyihalash va 
ishlab chiqishning tahlil qilinayotgan bilan bog‘liq bo‘lgan 
bo‘linmalaming vakillari kiritilishi kerak. Tahlil qilish natijalari va 
zarur harakatlar bo‘yicha yozuvlar olib borish kerak.
Loyihalash natij alarini doimiy ravishda tahlil qilish mahsulot 
loyihalash va ishlab chiqilishini rejalashtirishda ko‘zda tutilishi 
kerak.
Tahlil loyihalash va ishlab chiqishning tegishli bosqichlarida, 
loyihalash maqsadlariga erishilganlikni baholash va loyihalashning 
dastlabki bosqichlarida mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash 
maqsadida o‘tkazilishi kerak.
Tahlil o‘tkazishga mahsulot loyihalash va jarayonida ishtirok 
etayotgan bo‘linmalarni qo‘shgan holda, ishlab chiqish natijalariga 
bog‘liq bo‘lgan tomonlar jalb qilinishi kerak.
Ishlab chiqish jarayonida loyihalash natijalarining tahlili 
loyihalashni 
hujjatlashtirilgan 
natij alarini, 
shuningdek 
eskiz 
namunalar, maketlar, tajriba namunalarini va uning alohida 
qismlarining har tomonlama baholanishini o‘z ichiga olishi kerak.
Tahlil natijalari ro‘yxatga olinishi, saqlanishi va qidirilishi 
yengillashtirilishi kerak.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin