Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

6.3 Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni boshqarish
Tashkilot boshqarish mahsuloti ishlab chiqarishni va xizmat 
ko‘rsatishni boshqariladigan sharoitlarda rejalashtirish va amalga 
oshirishi kerak. Boshqariladigan sharoitlar zarur bo‘lishiga qarab:
a) mahsulotni tavsiflarini belgilovchi axborotning mavjudligini;
b) ishchi yo‘riqnomalarni mavjudligini;
v) tegishli asbob- uskunaning qo‘llanilishini;
g) tekshiruv va o‘lchash jihozlarining mavjudligi 
va 
qo‘llanishini;
d) monitoring va o‘lchashlarni o‘tkazishni;
e) mahsulotni ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotib 
bo‘lingandan keyingi boshqa mos keladigan xizmat ko‘rsatish 
uchun jarayonlarning qo‘llanilishini o‘z ichiga olishi kerak.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat) 
turiga qarab, tashkilot mahsulot ishlab chiqarish zarur bo‘lgan 
operatsiyalar tarkibi va ketma - ketligini belgilashi kerak.
Tashkilot iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot 
ishlab chiqarish kafolatini ta’minlash uchun mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq operatsiyalarga 
talablarni belgilashi kerak.
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun mahsulot 
ishlab chiqarishni rejalashtirishni ta’minlash zarur.
119


Tashkilot iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot 
ishlab chiqarishni ta’minlash uchun jarayonlarni boshqariladigan 
sharoitlarda borishini ta’minlashi kerak.
Ishlab 
chiqarish 
jarayonini 
boshqariladigan 
sharoitlari 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) zarur bo‘lgan holarda, konstruktorlik va texnologik hujjatlar, 
ishchi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va qo‘llash hamda ularni 
boshqarish.
b) tegishli texnologik qurilmalarni tanlash va qo‘llash, ularga 
texnikaviy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan ta’mirlash va texnologik 
aniqlikka tekshirish.
v) tegishli o‘lchov va nazorat qurilmalarini tanlash va qo‘llash, 
ularni 
attestatsiyadan 
o‘tkazish 
va 
qiyoslash, 
saqlash, 
konservatsiyalash, identifikatlashtirish va hisobga olish;
g) jarayonlar monitoring va o‘lchashlarini, mahsulot sifati 
nazoratini, 
xarid 
qilinayotgan 
mahsulot 
nazorati 
statusini 
tasdiqlashni o‘tkazish;
d) iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab 
chiqarishni 
ta’minlovchi 
barcha 
jarayonlarini, 
shuningdek 
mahsulotni qadoqlash, yetkazib berish, yetkazib berilganidan so‘ng 
unga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi jarayonlarni joriy qilish va 
ularga rioya qilish.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin