Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va 
xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha 
jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash
oynani isitish kabilar. 
Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga 
dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi 
mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. 
Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. 
Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni 
o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar 
soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi: 
Sedan–uch hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon va yuk bo‘limi) bo‘lib, 
ikki, to‘rt yoki olti yon eshiklardan iborat bo‘ladi (5-rasm). Olti yon 


 15
tomonida eshikka ega bo‘lgan, salonda haydovchi yo‘lovchilardan 
ajratilgan sedan – limuzin ham deb ataladi. Bu turdagi kuzovlar eng ko‘p 
tarqalgan. Masalan: NEXIA, LASETTI, YEPICA, VAZ-2170 kabi 
avtomobillar kuzovi.
5-rasm. Sedan
Universal–ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi 
birga) uchta yoki beshta eshiklardan iborat bo‘ladi, lekin yuk bo‘limining 
vertikal eshigi yo‘lovchi kirishiga mo‘ljallanmagan. Yuk tashish uchun 
orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (6-rasm). Sayohatga chiquvchilar va dam
oluvchi uchun mo‘ljallangan kuzov turi. Masalan: TACUMA, VAZ-
2102, 2104 kabi avtomobillar kuzovi.
6-rasm. Universal
.
Kupe–ikki eshikdan iborat bo‘lib, bir yoki ikki qatorli to‘liq hajmli 
yoki kalta qilib ishlangan (yosh bolalar uchun) o‘rindiqlar bilan 
jihozlanadigan kuzov turi (7-rasm). Masalan: Audi TT. 
7-rasm. Kupe.


 16
Xetchbek–universial va sedanning gibridi. Ikki hajmli (yurgizgich 
bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uch yoki to‘rt eshikdan iborat 
bo‘lib, hozirgi zamonning eng mashhur kuzov turi hisoblanadi. 
Unversialga o‘xshab orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (8-rasm). Masalan: 
MATIZ, SPARK, VAZ-2108, 2109 kabi avtomobillar kuzovi. 
8-rasm. Xetchbek.
Vagon-uni mini-ven ham deb atashadi. Uning dvigatel bo‘limi 
kuzovdan ozgina chiqib turadi yoki umuman chiqmaydigan dvigatel va 
yuk bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uch yoki besh eshikli kuzov (9-rasm). 
Mini-ven oilaviy avtomobil kuzovi. Hozirgi kunda bu turdagi kuzovli 
avtomobillardan yo‘lovchi va yuk tashishda keng foydalanilmoqda. 
Masalan: DAMAS, HUNDAI H-1, VAZ-2120 kabi avtomobillar kuzovi. 
9-rasm. Mini-ven.
Kabriolet – tepa qismi yig‘iladigan, oynalari tushiriladigan usti ochiq 
avtomobil kuzovi (10-rasm). Eng chiroyli va ixcham avtomobil kuzovi 
hisoblanadi. Masalan: NEXIA Asakar kabi avtomobillar kuzovi. 
10-rasm. Kabriolet.


 17
Jip – mashhur avtomobillar turiga kirib, kuzovi tepaga cho‘zilgan 
xetchbek (11-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillarni xavfsizligi yuqori 
hisoblanib, o‘tag‘on avtomobillar hisoblanadi. Masalan: CAPTIVA, 
VAZ-2121 Niva kabi avtomobillar kuzovi. 
11-rasm. Jip.
Pikap – yopiq kabinali (o‘rindiqlar bir yoki ikki qator joylashgan) va 
ochiq yuk platformasi ega bo‘lgan, bort orqaga ochiladigan kuzov (12-
rasm). Masalan: DAMAS labo kabi avtomobillar kuzovi. 
12-rasm. Pikap.
Limuzin – juda uzun o‘lchamga ega bo‘lagan sedan turiga kiradigan 
avtomobil kuzovi (13-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillardan to‘y va 
tantanalarda hamda yuqori darajadagi mehmonlarni olib yurish qulay. 
13-rasm. Limuzin.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin