Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish turlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

1.4. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish turlari 
Avtomobil ekspluatatsiya qilinish jarayonida 500-700 nomdagi 
buzilish va nosozliklar paydo bo‘ladi, ulardan 200-300 xili texnik xizmat 
ko‘rsatish (TXK)lar, 300-400 xili ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. 


 18
Har bir buzilish va nuqsonni bartaraf etish amalining boshqalardan 
farq qiladigan maqbul davriyligi mavjud. 
TXK va T tizimining avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi 
samaradorligiga qo‘shgan hissasi 25% ni tashkil etadi. TXK va T 
tizimini ishlab chiqish murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ilmiy-
amaliy masala bo‘lib, o‘z ichiga nazorat va tajriba tadqiqotlarini, ilg‘or 
tajribalarni tanqidiy umumlashtirish, an’analarni hisobga olish, avtomo-
bil konstruksiyasi va ishonchliligini hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Quyidagi TXK va T turlari va vazifalari mavjud: 
Kundalik xizmat ko‘rsatishning vazifalari quyidagilardir: harakat 
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan umumiy nazorat; avtomobilning 
tashqi ko‘rinishini kerakli darajada saqlab turish; uni yonilg‘i, moy va 
sovutish suyuqliklari bilan to‘ldirish, harakat tarkibining ba’zi turlari 
uchun kuzovni sanitariya ishlovidan o‘tkazish; TXK harakat tarkibining 
ishidan keyin yoki yo‘lga chiqishidan oldin bajariladi.
TXK-1, TXK-2ning vazifasi – avtomobil agregat va mexanizm-
larining texnik holati parametrlarining o‘zgarishi jadalligini kamaytirish
buzilish va nosozliklarni oldini olish va aniqlash, nazorat, moylash, 
qotirish, sozlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo‘li bilan atrof 
muhit muhofazasi, harakat xavfsizligi va ishdagi tejamkorlikni 
ta’minlash.
Tashxsilash ishlari (tashxislash jarayoni) TXK va ta’mirning 
texnologik elementi bo‘lib, tegishli ishlarni bajarish vaqtida avtomo-
bilning texnik holati haqida ma’lumotlar beradi. Vazifasi, davriyligi, 
nomi va bajariladigan joyiga qarab, tashxislash ishlari 2 turga bo‘linadi: 
umumiy (TSH-1) va elementlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan (TSH-2) 
tashxislash.
TXK o‘rnatilgan davriylik chegarasida, amallar ro‘yxatiga kiritilgan 
ta’sirlar bo‘yicha, avtomobil agregatlari, uzellari va tizimlarining 
buzilmasdan ishlashini ta’minlashi zarur.
Yiliga 2 marta o‘tkaziladigan mavsumiy xizmatning vazifasi –hara-
katdagi tarkibni mavsum o‘zgarishiga, yil fasllariga qarab eksplua-
tatsiyaga tayyorlashdir.
Ta’mirlash, ishning vazifasi va xarakteriga qarab mukammal va 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin