65
gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga judayam
sezgir. Moyning kokslanishi, yeyilgan va yemirilgan detallarning
zarrachalari gidroitargichning qotib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu vaqtda
mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar paydo bo‘ladi,
natijada klapan va taqsimlash validan foydalanib bo‘lmaslik
darajasigacha yeyilishga olib keladi.
Sovutish tizimi nosozliklari. Sovutish tizimining nosozliklarini
quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo‘ladi:
-dvigatel uzoq muddatda, zo‘riqib
ishlamaganda ham qiziydi, agar
ta’minot va o‘t oldirish jihozlari noto‘g‘ri sozlangan bo‘lsa, radiator
suyuqligi qaynab ketadi.
-termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo‘lsa
(dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, bordi-yu klapan kech
ochilsa, dvigatel tez qizib ketadi.
Tizimning nosozliklari zichlikning buzilishi, ya’ni
suv nasosi
moytutqichi(salnigi), patrubka va boshqa joylaridan suyuqqlikning sizib
oqishi, tasma tarangligining bo‘shashib qolishi, uning uzilishi, termostat
qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining
sinishi, radiator qopqog‘ining
jips yopilmasligi, tizim devorlarida
suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: