66
miqdorining kamayib ketishi ham moy sifatini pasaytiradi. Moy
tarkibidagi mexanik aralashmalar metall zarrachalaridan iborat bo‘lib,
bular ikki ishqalanuvchi sirtning bir-biriga nisbatan sirpanishidan hosil
bo‘ladi. Mineral aralashma (qum, chang)lar, havo bilan moyga qo‘shilib,
uning moylash xususiyatini pasaytiradi. Moy tarkibidagi mexanik
aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Shu bilan birga
havodagi kislorodning ta’siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga
tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar
oksidlovchi
modda hisoblanib, silindrlar devori, porshen halqasi
yemirilishida va zanglashga uchrashida asosiy omil hisoblanadi.
Shuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik
ko‘rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa
porshenda va porshen
halqasida loksimon qatlam hosil qiladi hamda ularning
qo‘zg‘aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda
kolloid holda va erigan
yoki quyqa ko‘rinishida karterga tushuvchi qattiq aralashmalar (ya’ni:
karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o‘tib, moy
aylanib o‘tishini sustlashtiradi, ishqalanuvchi sirtlarga ta’sir etib, ularda
qirilgan, chizilgan, tirnaladigan(abraziv) yeyilish hosil qiladi.
Zamonaviy avtomobillarning moylash tizimini yuvish uchun
Rossiyada-«VNIINP-113
/3», FIAT firmasi «Oliofiat L-20» va Shell
firmasi «Shell Donaks» yuvish moylarini tavsiya etadi.
Respublikamiz hududida ekspluatatsiya qilinayotgan O‘zDEU yengil
avtomobillarida motor moyini almashtirish har 10 000 km dan so‘ng
tavsiya qilinadi. Servis xizmat ko‘rsatish davrida moyning sathi doimo
nazorat etilib, agarda u "MIN"belgidan pastda bo‘lsa, me’yoriga
keltiriladi. Zavod ko‘rsatmasiga muvofiq UzDEU yengil avtomobillarida
SAE 5W
/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 sinfidagi
motor moylaridan foydalanish tavsiya etiladi. Moylash
tizimidagi moyni
almashtirish davri eng avvalo avtomobilning ishlash sharoiti va moyning
sifatiga bog‘liq bo‘lib, uning sathi almashtirilgandan 2
…3 minut o‘tgach
tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: