41
¾ moy filtrlari;
¾ moyni yuqori bosim ostida uzatuvchi quvur (silindrlar blokidagi).
26-rasm. Dvigatelning moylash tizimi sxemasi.
1-moyni gaz taqsimlash mexanizmlariga yetkazuvchi quvur: 2-asosiy moy
magistrali; 3-taqsimlash valining podshipnikini moylash quvuri; 4-dvigatel
karteri: 5-filtlovchi element; 6-moy filtrini qopqog‘i; 7-moy nasosi; 8-moy qabul
qilgich; 9-moy karteri; 10-moyni chiqarish tiqini.
Moy nasosi, moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining
ishqalanuvchi yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish
tuzilmalariga yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida
asosan shesternyali nasoslardan
foydalanib, ular oddiy tuzilgan va
ishonchli ishlaydi. Nasoslar shesternyalarning ilashishi bo‘yicha tashqi
va ichki ilashgan shestrenyalilarga bo‘linadi. Tashqi ilashgan
shesternyali nasoslar o‘z navbatida bir yoki ikki seksiyali, ya’ni
bir juft
yoki ikki juft shestrenyali bo‘lishi mumkin. Zamonaviy yengil
avtomobillarda (Neksiya, Tiko, Damas avtomobil dvigatellari) ko‘pincha
ichki ilashishda bo‘lgan, aylanma xarakatni tirsakli valdan oladigan
nasoslardan foydalanilmoqda. Nasos korpusida yetakchi yetaklanuvchi
tishli g‘ildiraklar joylashgan. Nasos ishlayotganda tizimda
yetarli bosim
hosil bo‘lishi uchun ikkala g‘ildirak tishlarining qirralari bilan korpus
42
devori oralig‘idagi radial tirqish kichik (0,06…0,1mm) bo‘lishi nazarda
tutiladi. Yetakchi tishli g‘ildirak harakatni valikdan oladi va unga
shponka yordamida mahkamlanadi. Yetaklanuvchi tashqi g‘ildirak esa
o‘z o‘qida erkin aylanadi.
27-rasm. Moy nasosi sxemasi.
a) tashqi ilashgan shesternyali. b) ichki ilashgan shesternyali. v) rotorli.
1-yetaklovchi shesternya; 2-nasos qobig‘i; 3-keluvchi quvur; 4-yetaklanuvchi
shesternya; 5-o‘q; 6-yuboruvchi quvur; 7-ajratiluvchi sektor; 8-yetaklanuvchi rotor;
9-yetaklovchi rotor.
Nasos ishlayotganda uning tishli g‘ildiraklari strelka bo‘yicha
yo‘nalishda aylanadilar. Shunda moy karter tubidan qabul qilgich orqali
nasosning kiritish kanaliga 3 vujudga kelgan siyraklanish ta’sirida
so‘riladi va korpus devori bilan tishlar oralig‘idagi bo‘shliq to‘ldiriladi.
Tishli g‘ildiraklarning aylanishi davomida bo‘shliqlardagi moy korpus
devori bo‘ylab nasosning haydash kanali orqali asosiy moy kanaliga
bosim bilan yuboriladi. Tishlar ilashishga kirayotganda ular oralag‘idagi,
o‘ramda qolgan, moy qisilib g‘ildiraklarni radial yo‘nalishda ikki
tomonga keradigan kuch xosil qiladi va ularni erkin aylanishga to‘sqinlik
qiladi. Shuning uchun tishlarning ilashgan joyida
korpusda ariqcha
qo‘yiladi va uni kanalcha orqali xaydash bo‘shlig‘i bilan tutashtiriladi:
shunda g‘ildiraklarning erkin aylanishiga qarshilik ko‘rsatayotgan tishlar
oralig‘idagi qisilgan moylar xaydash bo‘shlig‘iga o‘tkazib yuboriladi.
Nasos bilan xosil qilinadigan bosim asosiy moy kanalidan moyning qay
darajada sarflanishi, tishli g‘ildiraklarning aylanishlar chastatasi va
moyning qovusholigiga boliq bo‘ladi. Benzinli dvigatellarda tizimdagi
43
moyning bosimi 0,3…0,5MPa, dizellarda esa 0,5…0,7MPa bo‘ladi.
Tizimdagi moy bosimini belgilangan me’yoridan ortib ketmasligini
reduksion klapan ta’minlaydi. Bosim belgilanganidan ortib ketsa
reduksion klapanining sharchasi prujina kuchini yengib o‘rindig‘idan
siljiydi va moyning ma’lum miqdorini nasosning so‘rish bo‘shlig‘iga
o‘tkazadi va tizimdagi bosim pasayadi.
27b-rasmda ichki ilashishdagi shesternyali
moy nasosining ishlashi
tasvirlangan. Bunday nasoslar Neksiya, Tiko, Damas avtomabil
dvigatellarida qo‘llanilgan. Nasos - so‘rish va xaydash kanallariga ega
bo‘lgan korpus, tashqi tishli yetakchi va ichki tishli yetaklanuvchi
g‘ildiraklar va pulunjerli reduksion klapandan iborat. Tishli g‘ildiraklar
ilashgan holda korpus ichida o‘rnatilgan. Korpusda, g‘ildiraklarning
ilashishdan chiqqan joyida tishlarning qo‘yiqchalarini bir-biridan
ajratib
turuvchi o‘roqsimon to‘siq ishlangan.
Dostları ilə paylaş: