40
Shu sababli hozirgi vaqtda dvigatellarda ko‘pincha qattiq elementli
termostatlar qo‘llanilmoda. Bunday termostat qalin devorli ballonga ega
bo‘lib ichiga, kengayish hajmi katta bo‘lgan serezin (neftyannoy vosk)
aralashtirilgan mis kukuni to‘ldiriladi. Sovituvchi suyuqlik harorati
(70
±20S) dan oshgach, ballondagi qattiq aralashma eriy boshlaydi va
uning hajmi kengayib, diafragma shtokni ko‘tarib, klapanni ochadi,
natijada suyuqlikning ma’lum qismi radiator tomon yo‘naladi. Harorat
(83
±20S) ga yetganda klapan to‘la ochiladi va radiator orqali o‘tadigan
suyuqlikning miqdori yanada ko‘payadi. Suyuqlik harorati pasayib
ballon ichidagi element xajmi qisqarsa klapan qaytargich prujina
ta’sirida yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana suv nasosiga o‘tib,
kichik doira bo‘yicha aylana boshlaydi. Ba’zida (Tiko, Damas
avtomobillari dvigatellari) termostat ballonida qattiq to‘ldirgich sifatida
qirrali parafin donalaridan (granula) foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: