45
¾ dizelli dvigatellar;
¾ gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyuq va siqilgan) dvigatellar.
Karburatorli yonilg‘i ta’minlash tizimi bir vaqtning o‘zida
quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg‘i tejamkorligini oshirish va
chiqindi gazlarni zararsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talabga javob bera
olmaydi.
Karburatorli dvigatellarning ta’minlash
tizimining asosiy kamchi-
ligi quyidagidan iborat:
¾ silindrlar sonini karburatordan har xil masofada joylashgan;
¾ yonilg‘i aralashmasi karburatorda tayyorlanadi va silindrlarga
tayyor aralashma uzatiladi.
Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg‘i
aralashmasi yetib boradi va yonilg‘i sarfi oshadi.
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun yonilg‘i aralashmasini har bir
silindr oldida tayyorlash kerak bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish
klapanlari yaqinida yonilg‘i aralashmasini tayyorlaydigan
elektron
yonilg‘i purkash tizimi (injektorlar) qo‘llaniladi.
Elektron yonilg‘i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
¾ tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi;
¾ yonilg‘i
aralashmasi aniq tarkibga ega;
¾ yonilg‘i aralashmasini tarkibini uzoq muddat bir xil ushlab turish
mumkin;
¾ yuqori yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi;
¾ chiqindi gazlarni zararli ta’sirini kamaytiradi.
Yonilg‘i uzatish tizimi. Yonilg‘ini bakdan purkash injektorlariga
yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo‘lgan bosimni hosil ilish va
ushlab turish uchun xizmat qiladi (28-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimi yonilg‘i nasosi, yonilg‘i filtri, yonilg‘i
taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan
va purkash
injektorlaridan tashkil topgan (29-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimidagi yonilg‘i taqsimlash trubasi quyidagi
muhim vazifani bajaradi:
- yonilg‘ini yig‘ish;
- yonilg‘ini bir xil bosim ostida ushlab turish va silindrlarga uzatish;
- yonilg‘i bosimi miqdorini
tebranishini oldini olish;
- injektorni sodda o‘rnatish.
46
28-rasm. Injektorli dvigatel.
29-rasm. Injektor.
Purkash injektori (29-rasm). Purkash injektori yonilg‘i taqsimlash
trubasiga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg‘ini
bosim
ostida purkab berish uchun xizmat qiladi. Elektromagnitli purkash
injektorli elektr impulsi yordamida elektron boshqarish blokidan
boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: